Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:14

Mirziyoev GESlar qurishga doir ikki yil oldingi dasturini yangiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 3 may kuni imzolagan gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risidagi qaror yillardan buyon elektr energiyasi taqchilligini o‘z boshidan kechirib kelayotgan o‘zbekistonliklar uchun umid mujdasi bo‘lishi mumkin. Lekin xuddi shunday qarorni Mirziyoev bosh vazir lavozimida ishlab turganida imzolaganiga 2 yil ham to‘lmadiku? Kechagi qarorning avvalgisidan nima farqi bor? Avvalgisi qanday ijro etildi?

O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda 42 ta yangi gidro elektrostansiya (GES) quriladi va ishlab turgan 32 ta GES modernizatsiyalanadi. Bu haqda Prezident Mirziyoev imzolagan qarorda aytildi.

Bosh vazir Mirziyoev qarorining Prezident Mirziyoev qaroridan farqlari

2015 yilning 16 noyabrida Shavkat Mirziyoev bosh vazir sifatida xuddi shu masaladagi boshqa bir qarorni imzolagan edi.

Bosh vazir Mirziyoevning qarori "2016-2020 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish dasturi to‘g‘risida" edi.

Prezident Mirziyoevning qarori "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"dir.

Bosh vazir Mirziyoevning qarorida 9 ta GES qurish va mavjud 15 ta GESni modernizatsiyalash nazarda tutilgan.

Prezident Mirziyoevning qarorida 42 ta yangi GES qurish va mavjud 32 ta GES modernizatsiyalash nazarda tutilgan.

Bosh vazir Mirziyoevning qarorini Prezident Mirziyoev “semirtirgani” 1 yarim yil muqaddam boshlangan ishlar jadal sur’atlar bilan ketayotganidan darakmi?

Bu masalani Bosh vazir Mirziyoev imzolagan dasturga kiritilgan bir GES misolida o‘rgandik.

O‘zbekistondagi "oqsoqol" GES

Bosh vazir Mirziyoev 2015 yilda imzolagan dastur doirasida modernizatsiyalanishi rejalashtirilgan GES lar orasida “Toshkent GESlari kaskadi”ga kiruvchi 1- GES ham bor.

Stantsiya modernizatsiyalanganidan so‘ng uning quvvati 6 MVtga yetkazilishi, yiliga 40,71 mln. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. (Qiyoslash uchun O‘zbekistondagi yirik Farhod GESining quvvati yiliga 830 mln. kVt/s)

1- GESni modernizatsiyalashga 28,5 mln. dollar sarflanishi, bu pulning 19,5 millioni qarzga olinishi nazarda tutilgan.

Hukumat rejasiga binoan 1- GESni modernizatsiyalash ishlari shu kunlarda jadal davom etayotgan bo‘lishi kerak.

Ozodlikka bu ishning davom etmayotgani, hatto boshlanmaganini “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi yetakchi mutaxassislaridan birining aytganlaridan ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistondagi "oqsoqol" GES modern bo‘lish uchun pul kutayapti

Ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlik savollariga javob bergan mutaxassisning aytganlari budir:

“Toshkent GESlari kaskadi”ga kiruvchi 1- GES O‘zbekistonda qurilgan eng birinchi GESdir.

1926 yili ishga tushgan, ya’ni 91 yildan buyon tinimsiz ishlayotgan 1- GESga o‘sha vaqtda har biri 1 mgVtlik 4 ta agregat o‘rnatilgan. Ularning resursi tugaganiga bir necha 10 yil bo‘lgan, 4 ta agregatning 1 tasi har doim remontda bo‘ladi. Modernizatsiya qilingach, 1- GESga har biri 3 mgVtlik 2 ta gidroagregat o‘rnatiladi.

1- GESni modernizatsiyalash ishlari 2015 yilgi dasturda aytilganiday, 2016 yilda boshlanib, bu yil yakunlanishi kerak edi. Lekin investor hali pul ajratmagani uchun ishlar boshlangani yo‘q. 1- GESning PTO loyihasi tayyor, ular ekspertizadan o‘tkazilgan, lekin pul ajratilishi kutilayapti.

“Toshkent GESlari kaskadi”ning 9- GESi bo‘yicha ham ahvol shunday: PTO loyihasi tayyor, konsultantlar tayinlangan, modernizatsiyani amalga oshiruvchi bosh pudratchini tanlash uchun tender e’lon qilinishi kutilmoqda”, dedi “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi etakchi mutaxassislaridan biri.

Suhbatdoshimiz 2015 yilgi dasturga kiritilgan boshqa GESlar bo‘yicha ma’lumot berishni istamadi.

Shunday qilib, "hamma gap pulda!"

Prezident Mirziyoevning yangi qarorida nazarda tutilgan 42 ta yangi GES qurilishi istiqbollariga oid savolga javoban mutaxassis avvaliga kuldi, keyin, “hamma gap pulda, pul bo‘lsa, undan ko‘pini ham qursa bo‘ladi”, deb javob berdi tagdor qilib.

Prezident qaroridan ko‘zlangan maqsad

Prezident Mirziyoevning "2017-2021 yillarda Gidroenergetikani yanada rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va shu asosda ekologik toza generatsiya manbalari yaratish, mavjud bo‘lgan gidroelektro stansiyalarn itexnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib suv manbalaridan samarali foydalanish, energetika manbalarining o‘zaro muvofiqligi darajasini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida qabul qilingan.

Quraman deganga imkon ko‘p yoki O‘zbekiston qancha elektr quvvati ishlab chiqaradi?

Bundan 10 yil muqaddam ba’zi nashrlar mutaxassislarga tayanib, O‘zbekistondagi suv omborlari, irrigatsiya kanallari va tog‘ daryolarida umumiy quvvati 1,18 ming MVt lik, yiliga 48 mlrd kVt/s elektr quvvati ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan 141 ta GES qurish mumkinligi to‘g‘risida yozgan edi.

Oradan 10 yil o‘tib ham, bu baholar printsipda o‘zgargan emas.

O‘zbekistonda yiliga 50 mlrd kVt/s atrofida ishlab chiqariladigan elektr quvvatining GESlarga to‘g‘ri keladigan ulushi juda kichikdir. Ba’zi mutaxassislar GESlar ulushi 10 foiz desa, energetika masalalari bo‘yicha mutaxassis, “O‘zbekneftegaz”ning sobiq rahbari Anvar Husainovning aytishicha, GESrarning ulushi yanada oz – 2 foizning atrofida, xolos.

Anvar Husainov bilan suhbatni tinglang:

Анвар Ҳусаинов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:22 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG