Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 00:43

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati o‘z vaznini talab darajasiga tushira olmagan dastlabki 10 militsiya xodimini ishdan bo‘shatdi.

2016 yil oxirida IIV rahbari militsiya xodimlariga sport bilan shug‘ullanish va me’yorlarga mos kelish uchun darhol ozishni buyurgan edi.

“Yil boshidan beri faqat 10 dan ziyod odam ozishni uddalamadi. Qolgan xodimlar 5 kilogrammdan 20 kilogrammgacha vazn tashladi va yanada ozish uchun sport bilan shug‘ullanishni davom ettirishmoqda», — dedi mahalliy OAVlarga IIV matbuot xizmati vakili.

Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjoni Emomali 10 militsiya xodimi ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi. Uning aytishicha, yana yuz xodim ozishlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

2016 yil dekabrida Tojikiston IIV xodimlariga yo‘riqnomalar tarqatilgan va unda bo‘y bilan vaznning o‘zaro mutanosibligiga doir me’yorlar, xususan “bo‘yi 168-170 santimetr bo‘lganida militsiya xodimining vazni 75 kilogrammdan oshmasligi lozim”ligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, tojik erkaklarning 31,2 foizi va yoshi 20 dan katta bo‘lgan ayollarning 30,5 foizi vazni tibbiy me’yorlardan ortiqcha.

XS
SM
MD
LG