Линклар

12 декабр 2017, Тошкент вақти: 19:22

Sovet askari formasidagi bu yigit o‘zbekning qurama urug‘idan. Uning ismi G‘ulom, familiyasi Norqo‘ziev. U Angren shahri biqinidagi qishloqda tug‘ilib o‘sgan.

Ohangaron tog‘larida ulg‘aygan G‘ulom oilada kichik o‘g‘il bo‘lib, o‘qishga juda qiziqqan. Maktabni tugatgach, Ohangaronda buxgalterlar kursini tamomlagan va mahalliy kolxozlardan birida hisobchi bo‘lib ishlagan.

1939 yilda 19 yoshida G‘ulom urushga olib ketildi. Sovet-finn urushiga...

Shimoldagi urush girdobidan tirik chiqqan bu o‘zbek yigiti Germaniya fashistlari bilan jangga tashlanadi.

G‘ulom Norqo‘zievning Angrendagi opa-akalari undan atigi bir nechta xat olgan.

1942 yilning avgustida Germaniya va SSSR o‘rtasida davom etayotgan og‘ir janglarda, jumladan Stalingrad, Shimoliy Kavkaz, Leningrad, Voronej va Rjev ostonalaridagi muhorabalarda har ikkala tarafdan yuz minglab qurbonlar keltirildi.

Oxirgi xatni uning qarindoshlari 1942 yilning o‘rtalarida olgan. Dom-daraksiz ketganida G‘ulom Norqo‘ziev 22 yoshda bo‘lgan. U bu urushda bedarak yo‘qolgan minglab o‘zbek o‘g‘lonlaridan biridir.

G‘ulomning yaqinlari uning qaysi frontda jang qilgani, qanday urushgani, u necha marotaba yaralanganini ham bilishmaydi. U kimni sevgani va nima niyatlar bilan yashaganini ham hech kim bilmaydi. Endi bilmasa ham kerak...

G‘ulom Norqo‘zievning oxirgi fotosurati (1942 y.)
G‘ulom Norqo‘zievning oxirgi fotosurati (1942 y.)

​Uni qidirayotgan Doniyor - G‘ulom Norqo‘zievning jiyan-nabiralaridan biri. Doniyor yoshi keksa momosi ukasining hech bo‘lmasa qaerda jon bergani va ko‘milganini bilishni juda istaganini gapirib berdi.

Hech bo‘lmasa ko‘milgan joyini ziyorat qilsam edi. G‘ulom ukamni endi uylantirmoqchi edik, hatto kelin ham topib qo‘ygandik: urushga ketib qoldi”, deb momoning yig‘laganini esladi Doniyor.

Umrining oxirgi kunigacha momo o‘z farzand-nabiralaridan ukasi haqida hech bo‘lmasa biror xabar topishni so‘rab kelgan.

G‘ulom Norquziev yaqinlari u haqda ma’lumotlarni davlat harbiy arxivlari va hatto “Jdi menya” teleko‘rsatuviga yuborgan.

1941-1945 yillar davomida bedarak ketgan o‘zbekistonlik jangchilar ro‘yxatida u 246414 raqami ostida ruscha imloda “Narkuziev Gulyam” sifatida belgilangan.

U yerda uning tug‘ilgan yili 1916 yil etib ko‘rsatilgan. Yaqinlari pasport bo‘lmagan o‘sha paytlarda odamlarning yoshi kattaroq qilib ko‘rsatilishi urf bo‘lganini esladi.

G‘ulom Noqo‘ziev qidiruv varaqasida “soldat, propal bez vesti 00.09.1942” deyilgan.

....

Ikkinchi Jahon Urushi frontlariga 1,5 millionga yaqin o‘zbekistonlik jo‘natilgan. Bu o‘sha paytdagi O‘zbekiston aholisining 22 foizini tashkil etgan.

Fashizmga qarshi urushdan 395 725 o‘zbekistonlik o‘z yurtiga qaytib kelmagan, jumladan 132 670 nafari bedarak yo‘qolgan.

XS
SM
MD
LG