Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:26

Virtual qabulxonaga murojaat qilganlarga bepisand qaragan hokimlar ishdan olindi


O‘zbekistonda so‘nggi bir oy ichida virtual qabulxona murojaatiga bepisand qaragan 4 shahar va tuman hokimlari va 30 dan ziyod mansabdor lavozimidan olindi. Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ismi sir qolishini istagan mulozimi bildirdi.

Lavozimidan olinganlar orasida Sirdaryo viloyati markazi - Guliston shahri, Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani va Qo‘qon shahri, Buxoroning Vobkent tumani hokimlari bor.

Ayrim amaldorlar ustidan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasi bo‘yicha (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va qo‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish) ish qo‘zg‘atilgan.

Mazkur modda bo‘yicha qonunbuzar amaldor eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi va lavozimidan bo‘shatilishi mumkin.

- Hozir masala qattiq qo‘yilyapti. Xalq dardiga quloq tutmagan hokimlar ishdan ketishi haqida selektor majlislarida aytilyapti. Hokimliklar eshigini qoqib kelgan har bir odamning dardiga nafaqat quloq solishi, balki ularning shikoyati, muammosini obdon o‘rganib ijobiy hal qilib berishi kerak, - deydi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida virtual qabulxonalarga mas’ul bo‘lgan mulozim.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon barcha viloyat va tuman hokimliklarida “Xalq qabulxonalari” tashkil etilgan. Bundan maqsad xalq va davlat rahbarlari orasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ekani aytilgandi.

Lekin, Vazirlar Mahkamasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, shikoyatlarning 70-80 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan muammolar bo‘lsa-da, ular hal etilmasdan qolmoqda.

- Muammo shu yerning o‘zida hal etilishi kerak. Lekin, afsuski hokimliklardan ko‘ngli to‘lmagan odamlar Vazirlar Mahkamasi qabulxonasiga chiqishyapti. Hozir biz ularni hokimlikka jo‘natganimizdan keyin hokimliklar jiddiy shug‘ullanyapti. Aslida ular buni shu yerni o‘zida hal qilishi kerak, - deydi Vazirlar Mahkamasi mulozimi.

Aholidan tushayotgan shikoyatlarning aksari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning kechikayotgani, gaz ta’minoti va gazdan asossiz qarzdorlik,konvertatsiya hamda sog‘liqni saqlash masalalariga oiddir.
Aholidan tushayotgan shikoyatlarning aksari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning kechikayotgani, gaz ta’minoti va gazdan asossiz qarzdorlik,konvertatsiya hamda sog‘liqni saqlash masalalariga oiddir.

O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasi saytida keltirilishicha, so‘nggi olti oy ichida 750 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan. Ulardan 680 mingdan ziyodi, ya’ni 90 foizi ko‘rib chiqilgan, deb saytda yozib qo‘yilgan.

Aholidan tushayotgan shikoyatlarning aksari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning kechikayotgani, gaz ta’minoti va gazdan asossiz qarzdorlik,konvertatsiya hamda sog‘liqni saqlash masalalariga oiddir.

O‘zbekiston viloyat va tuman hokimliklari qabulxonalari saytlarida ham aholidan tushgan shikoyatlarning 90 foizidan ortig‘i ko‘rib chiqilgan, deb yozib qo‘yilgan.

Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tuman hokimligi virtual qabulxonasi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda: - Bizga yil boshidan buyon 692ta murojaat kelgan, shundan 632tasini ko‘rib chiqdik, - dedi.

Surxondaryolik fermer Chori Norboevning aytishicha, hokimiyatlar xalq murojaatlarini ko‘rib chiqayotgani bilan muammolar hal bo‘lmayotganini aytadi.

- Shuncha murojaat keldi, shunchasini ko‘rib chiqdik, degan bilan ish bitmaydi-da. Qishlog‘imizda gaz yo‘q. Oyliklar vaqtida berilmaydi. Naqd pul yo‘q. Bu masalalarni o‘rganish uchun hokimiyatda qabulxona ochib o‘tirish shart emasku, yillardan beri aytib kelinayotgan muammoku, hokimiyatdagilarni o‘zlari ham biladiku buni?! Xalq bilan muloqot yo‘lga qo‘yilgani yaxshi, lekin bu muloqot so‘nggida natija ham bo‘lishi kerak-da, ana shu natijani ko‘rmayapmiz, - deydi surxondaryolik fermer.

Farg‘onalik nafaqaxo‘r Ochil ota esa qabulxonalarning ochilganidan mamnun ekanini aytadi.

- Oldin hal etilmayotgan masalalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga ariza, shikoyat yoki takliflarni yuborish imkoni yo‘q edi. Hozir portalga yozsak darrov javob kelyapti. Yozganimizdan so‘ng pensiyamni vaqtida olib kelib beradigan bo‘ldi. Sal kechiksa “Portalga yozaman” deyman, darrov olib kelib berishadi, - deydi Ochil ota.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi o‘tgan yil sentabr oyidan faoliyat qilmoqda.

Mamlakat ahli pm.gov.uz manziliga "hal etilmagan" muammolar yuzasidan ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkinligi qabulxona saytida aytilgan.

XS
SM
MD
LG