Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:04

Samarqanddagi dehqon bozori buzilishi ortidan yuzlab odam ishsiz qoldi (VIDEO)


Samarqanddagi "Temiryo‘l dehqon bozori"
Samarqanddagi "Temiryo‘l dehqon bozori"

Samarqand shahridagi “Temiryo‘l dehqon bozori”dagi tadbirkorlar 5 may kuni do‘konlari buzilishi va o‘zlariga boshqa joydan do‘kon topishi haqida ogohlantirildi. Hokimlik joysiz qoladigan tadbirkor va bozorchilarni boshqa joydan do‘kon va ish o‘rni bilan ta’minlashdan bosh tortmoqda. Rasmiylar bozor, prezident farmoniga asosan, rekonstruksiya qilinayotganini aytmoqda.

Самарқанддаги "Темирйўл деҳқон бозори" бузилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00

Samarqand shahridagi “Temiryo‘l dehqon bozori” 5 may kuni ishlamadi.

Bozorda savdo qiladigan tadbirkorlardan birining aytishicha, to‘polon bo‘lib ketmasligi uchun bozorning darvozasiga “5-may - sanitar tozalik kuni” deb yozib qo‘yilgan:

“Bugun ertalabdan bozor to‘liq bo‘shatildi. Savdogarlarni savdo qilishga qo‘yishmayapti. Bozor ma’muriyati rastalar va do‘konlar joylashgan ikki qavatli bino buzilishini, uning o‘rnida gipermarket qurilishini aytdi. Endi bozorda ishlayotgan mingdan ziyod odam qanday tirikchilik qiladi”, deydi bozorda savdo qiladigan tadbirkorlardan biri.

Dehqon bozorida ro‘zg‘orbop tovarlar sotish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlardan birining Ozodlikka aytishicha, shahar hokimligi do‘kon o‘rniga boshqa joydan do‘kon ham, tovon puli ham bermagan:

“Ana shu ikki qavatli binoning birinchi qavatida 350 dan ortiq odam rastalarda savdo qiladi. Bozor ma’muriyatining aytishicha, shuncha odamdan bor-yo‘g‘i 50 nafariga boshqa pavilyondan joy qilib beradi ekan. Qolgan 300 kishi esa boshqa bozorlarga borib o‘zlariga joy qilib olsin ekan. Shu binoning ikkinchi qavatida va tashqarisidagi 35 ta do‘kon ham buziladi. Biz endi qaerga boramiz, chunki shahardagi boshqa bozorlarda ham bo‘sh joyning o‘zi yo‘q. Hokimlik yangi bozor qurishdan oldin buncha odamning ishsiz qolishini o‘ylab ko‘rmadimikan”, deydi tadbirkorlardan biri.

Самарқанддаги "Темирйўл деҳқон бозори"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir tadbirkorning aytishicha, bozor ma’muriyati ham, shahar hokimligidan kelgan mutasaddi rahbarlar ham ularning savollariga yelka qisib javob bermoqda:

“Odamlarda kuchli norozilik paydo bo‘ldi. Hokimiyatdan kelgan vakillar bozor rahbarlari bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirishibdi. Bozordagi tadbirkorlarning “biz endi nima qilamiz, qaerdan joy topamiz, bola-chaqamizni qanday boqamiz”, degan savollariga faqat elkasini qisib, “biz bilmaymiz, bu prezidentning qarori”, deb javob bermoqda”, dedi tadbirkor.

Самарқанддаги "Темирйўл деҳқон бозори"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:13 0:00

Samarqand shahar hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi bozorning bir qismi buzilayotganini tasdiqlar ekan, aksariyat tadbirkorlarning joysiz va ishsiz qolayotganini “og‘riqli masala”, deb atadi:

“Bu bozor prezidentimizning farmoniga asosan rekonstruksiya qilinyapti. Dasturga kirgan. Buziladigan pavilyon o‘tgan asrning 90 yillarida qurilgan va ancha eskirgan. O‘shaning o‘rniga uch qavatli zamonaviy pavilyon quriladi. Lekin, ayni paytda ikki yuzdan ortiq tadbirkor va bozorchilarning ishsiz va joysiz qolayotgani haqiqatan og‘riqli masala bo‘lib turibdi. Shuning uchun biz har kuni bu masalaning yechimini topishga va ularni boshqa bozorlardan joy bilan ta’minlashga harakat qilyapmiz”, dedi hokimlik mulozimi.

"Hamma bozorda xo‘roz bir xil qichqiryapti"

Prezident Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qaroriga ko‘ra, 2019 yilgacha O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari qayta quriladi.

Buzilayotgan bozorlardagi tadbirkorlarga do‘konlari uchun kompensatsiya puli to‘lanmayotgani va ularga yangi ish o‘rinlari yaratilmayotgani borasida Ozodlik ilgari ham xabar bergan edi.

Inchunin, aprel oyining oxirida buzilgan Buxoro shahridagi "Dilkusho" bozori tadbirkorlari ham tovon pulisiz va joysiz qolgan edi.

14 aprelda Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tuman hokimi To‘ytepa shahri markazidagi avtomobilь ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va xalq xo‘jaligi mollari bilan savdo qiladigan tadbirkorlarga do‘konlarini zudlikda buzib, olib ketishni buyurilgan, qiymati bir necha yuz million so‘mlik do‘konlar uchun esa tovon puli berilmagan edi.

Prezident qarorida aytilishicha¸ dehqon bozorlarini qayta qurish uchun 746 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu mablag‘ning 631,5 milliardi O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki tomonidan ajratiladi¸ qolgan 81,5 milliard so‘mi esa tadbirkorlar va boshqa banklar beradigan kredit hisobiga qoplanadi.

XS
SM
MD
LG