Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:22

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam beradigan sayt ishga tushirildi


Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar qildi.

Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 1 choragidagi faoliyati yakunlariga doir hisobotda aytilishicha, horijdagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam berish maqsadida shu yilning mart oyidan boshlab consul.mfa.uz saytida "onlayn maslahat" moduli ishga tushirilgan va hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq fuqaro murojaati qabul qilingan.

Vazirlik hiobotiga ko‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari konsulliklarga ko‘pincha "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qay tarzda olish mumkin?", "O‘zbekistondan hujjatni so‘rab olish tartibi qanday?", "Xorij davlat fuqaroligini qabul qilgandan keyin O‘zbekiston fuqarolari qanday harakatlarni amalga oshirishlari zarur" deganga o‘xshashboshqa o‘zlari uchun dolzarb savollar bilan murojaat qilishgan.

XS
SM
MD
LG