Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:59

“Shomahmudovlar oilasi”ning yo‘qolgan “bolasi” topildi


Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” (hozir “Istiqlol”) konsert zali oldidagi maydondan bir necha yil oldin shahar chetiga ko‘chirilgan, shu kunda shaharning Bobur bog‘iga o‘rnatilayotgan “Shomahmudovlar oilasi” yodgorlik kompleksining bir elementi – “do‘ppilik bola” topildi. Shunday qilib, kompozitsiya asl holatiga: ota-ona va 15 bola holatiga qaytib, to‘liqlandi.

Bu haqda Ozodlikka toshkentlik san’atshunos blogger Akmal Rizaev xabar qildi. Boshqa bir san’atshunosning Ozodlikka bildirishicha, kompleksning yo‘qolgan elementini u bir necha yil muqaddam shahardagi antikvar magazinlardan birida ko‘rgan.

Akmal Rizaevdan olingan xabarni toshkentlik jurnalist Sid Yanishchev ham tasdiqladi. Uning aytishicha, ushbu xabar yozilayotgan daqiqalarda “Shomahmudovlar oilasi” yodgorlik kompleksi yangi joyga o‘rnatilib bo‘ldi.

9 may kuni yodgorlikning ochilish marosimi bo‘ladi va marosimga Prezident Mirziyoevning ishtirok etishi kutilmoqda.

“Shomahmudovlar oilasi” yodgorlik kompozitsiyasining bir elementi yo‘qolib qolgani to‘g‘risida Ozodlik mana bu maqola bilan bong urgan edi.

XS
SM
MD
LG