Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:49

Eron politsiyasi "Lionel Messi"ni qo‘lga oldi


Eronlik talaba Rizo Parastashni mashhur futbolchi Lionel Messiga o‘xshagani uchun politsiya kuni kecha qo‘lga oldi.

Eronning Hamadon shahrida "Barselona" klubi kiyimidagi "Messi"ni ko‘rib qolganlar u bilan suratga tushishni iltimos qilishdi.

Birpasda olomon paydo bo‘ldi va politsiya jamoat tartibini buzishda ayblab Rizo Parastashni politsiya idorasiga olib ketdi, avtomobilini ham hibsga oldi.

Shu voqeadan so‘ng Rizo Parastashning surati dunyoda ham mashhur bo‘lib ketdi, hatto Yeurosport UK Tvitterdagi Rizoning fotosuratini olib, Lionel Messi deb, e’lon qilib ham yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha oy oldin 25 yashar talaba Rizo “Barselona 10" maykasida suratga tushgan,sochini ham Messinikidek oldirib, soqolini o‘stirgan.

"Endi odamlar meni eronlik Messi, deb bilishadi va mendan Messinikiga o‘xshagan qiliqlar qilishimni xohlashadi. Mabodo biror narsa ko‘rsatsam, odamlar chindan ham hayratga tushishadi", deb aytgan Rizo Parastash "Frans Press" axborot agentligiga.

"Odamlarning xursandchiligi meni ham xursand qiladi va menga yanada ko‘p quvvat beradi", degan Rizo Parastash.

Eronlik talaba politsiya uchastkasida qancha vaqt ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlarda aytilmagan. Biroq uning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirayotgan postlaridan uning ozodlikda ekanini bilish mumkin.

XS
SM
MD
LG