Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:30

PORTAL: Janob Mirziyoev, menga er topib bering!


Kelin bo‘lib, turmushga chiqish orzusidagi Zuhraning arizasi Oila markaziga jo‘natilgan.
Kelin bo‘lib, turmushga chiqish orzusidagi Zuhraning arizasi Oila markaziga jo‘natilgan.

Prezident portaliga boshida odamlar jiddiy muammo va shikoyatlari bilan murojaat qilgan bo‘lsa, bugunga kelib, ijtimoiy, iqtisodiy mazmundagi arizalar qatoridan mayda muammolar ham o‘rin olayotgani shikoyatlarga sabab bo‘layapti. Portal mas’ullari Feysbuk orqali odamlarni mayda muammolarni joylardagi "Xalq qabulxonalari"ga yo‘llashni taklif qildi. Portal xodimlari ba’zida hajvga sabab bo‘ladigan, kulgili arizalarni tarmoqlarga sizdirib kelmoqda.

Shulardan biri shahrisabzlik 28 yashar Zuhra ismli qizning er so‘rab portalga murojaat qilgan qiz arizasi bo‘ldi.

Zuhra o‘zini go‘zal, qaddi-qomati kelishgan qiz ekanini yozib, pazanda va chevarligi bilan maqtangan.

Shu paytgacha munosib turmush o‘rtog‘i topmagan Zuhra portalga yozgan arizasida prezident Mirziyoevdan er topishda ko‘mak so‘raydi:

"Kelishgan, chiroyli, o‘qimishli, bo‘lajak oilasiga mehribon, sog‘lom, hayotga tayyor, moliyaviy tomonlama hamma narsasi bor, munosib shogirdlaringiz bo‘lsa... iltimos turmush qurishimizga o‘zingiz bosh bo‘lsangiz", deb yozadi Zuhra.

Zuhraning ushbu arizasini prezident portali mas’ullari befarq qoldirmasdan, Oila markaziga yo‘llagani ma’lum.

Muhim eslatma: Prezident Mirziyoev portaliga yo‘llamoqchi bo‘lgan shikoyatingiz nusxasini Ozodlikka ham yo‘llashni unitmang! Arizangiz taqdirini birgalikda kuzatamiz!

XS
SM
MD
LG