Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:41

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal tergov byurosi direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatdi. U AQSh huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining yuksak lavozimli amaldori va Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan aloqa qilgani bilan bog‘liq ayblovlarni tergov qilayotgan idora rahbari edi.

Tramp 9 may kuni nega Komini ishdan bo‘shatgani to‘g‘risidagi qaroriga izoh berar ekan, Komi o‘tgan yili Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning elektron pochta orqali yozishmalarini noto‘g‘ri tergov qilganini hamda adliya vaziri – bosh prokuror Jeff Seshn va bosh prokuror o‘rinbosari Rod Rozenshtayn ushbu masala yuzasidan uni ishdan bo‘shatishni tavsiya qilganini bildirdi.

Tramp Komiga yozgan xatida, “meni uchta alohida masala yuzasidan tergov qilinmayotganim xususida xabardor qilganingiz uchun sizdan juda minnatdorman, ammo shunga qaramasdan, Adliya vazirligining siz byuroni yaxshi boshqara olmayotganingiz to‘g‘risidagi xulosasiga qo‘shilaman”.

Demokratlar 8 noyabrdagi saylovdan bir necha kun oldin Klintonning elektron pochta orqali yozishmalari yuzasidan yangitdan tergov boshlash haqida bayonot berganini tanqid qilib chiqqan edi. Klinton xonimning aytishicha, Komi ushbu xatti-harakati bilan hal qiluvchi pallada hali bir qarorga kelib ulgurmagan saylovchilarni unga qarshi qilib qo‘ydi. Demokratlar Kongressda prezidentning Komining ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorini deyarli bir ovozdan qoraladi.

Bu haqda AQSh senatori, demokrat Bob Keysi fikrini tinglang:

“Federal tergov byurosi direktori bir necha hafta oldin Rossiya hukumati bilan til biriktirganlik haqidagi boshqa masalalarga qo‘shimcha ravishda Trampning saylovoldi kampaniyasi bilan Rossiya hukumati o‘rtasidagi aloqalarni qamrab olishi mumkin bo‘lgan jinoyat tergovi davom etayotganini xabar qilganidan so‘ng ushbu ishni tergov qilayotgan idora rahbarini ishdan bo‘shatish juda xunuk, AQSh prezidentiga yarashmaydigan ish bo‘ldi, bunga toqat qilib bo‘lmaydi”.

Prezidentning ushbu qarori Vashingtonda ko‘pchilikni hayron qoldirdi, demokratlar va boshqalarning, Oq Uy FTBning Rossiya bilan bog‘liq ishni yo‘qqa chiqarishga intilmoqda, degan aybloviga sabab bo‘ldi.

Yanvarь oyida AQShning razvedka hamjamiyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinni AQSh saylov tizimiga bo‘lgan ishonchga putur etkazish uchun “ta’sir o‘tkazish kampaniyasi”ni amalga oshirish va Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Hillari Klintonni obro‘sizlantirishga buyruq berganlikda ayblagan edi. Bayonotda aytilishicha, Rossiya Trampni ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlagan.

Bir necha kun oldin Trampning saylanishida Rossiyaning gumon qilinayotgan sa’y-harakatlari yuzasidan FQBning surishtiruvi davom etayotgani xususida guvohlik bergan Komi haqida fikr bildirgan demokrat-senator Patrik Lihining fikricha, ushbu ishdan bo‘shatish prezident Richard Niksonning 1973 yilda ro‘y bergan mashhur “Shanba tunidagi qirg‘in” voqeasi bilan bog‘liq Uotergeyt mojarosini tergov qilayotgan maxsus prokurorni vazifasidan chetlatganini esga soladi.

Demokratlar: “Katta xato”

Senatdagi demokratlar fraktsiyasining Nьyu-York shtatidan saylangan yetakchisi Charlz Shumer Trampga Komining ishdan bo‘shatishi “katta xato” bo‘lganini aytganini xabar qildi.

“FTB Trampning prezidentlik kampaniyasi davrida ruslar bilan til biriktirilgan- biriktirilmaganini surishtirayotgan edi, agar til biriktirilgan bo‘lsa, bu o‘ta og‘ir jinoyatdir. Ushbu tergov ishlari prezidentning uyiga juda yaqin borib qolmaganmikan?”, deya savol qo‘yadi Shumer.

Shumer Rozenshtaynni Kongress oldida Rossiyaning saylovga aralashgan-aralashmaganini tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi va’dasini bajarishga, kerak bo‘lsa, surishtiruv ishlariga Oy Uy aralashtirmaslikka da’vat qildi.

Aksariyat demokratlar Rossiyaning saylovga aralashgan-aralashmaganini tergov qilish uchun alohida prokuror tayinlash to‘g‘risidagi da’vatini qo‘llab-quvvatladi. Ularning aytishicha, bunday mustaqil ish yuritadigan kishini tayinlashni Oq Uyga ishonib bo‘lmaydi.

Respublikachilarning aksariyati esa Trampning qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda, Senatda ko‘pchilikdan iobrat respublikachilar fraktsiyasi rahbari, kentukkilik Mitch MakKonnell Kommining o‘rniga yangi tayinlangan rahbarni imkon qadar tezroq tasdiqlashga va’da berdi.

Respublikachi senator Syuzan Kollinz shunday dedi:

“Bu biz Razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitada o‘tkazayotgan surishtiruvga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Biz o‘tkazayotgan serishtiruvda ikkala partiya vakillari ham ishtirok etyapti. So‘nggi ikki hafta mobaynida ancha-muncha olg‘a siljidik hamda isbotlarni qaerda bo‘lsa ham, qidirib topamiz”.

56 yoshli Komi FTBning ishdan bevaqt bo‘shatilgan ikkinchi rahbaridir. Odatda FTB direktorlari bir marta 10 yil muddatga tayinlanadi.

Bundan to‘rt yil muqaddam sobiq prezident Barak Obama ushbu lavozimga tayinlaganda Komi FTB xodimlari bu qarorni olqishlagan, uni respublikachilar ham, demokratlar ham birday hurmat qilar edi.

XS
SM
MD
LG