Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:10

Moskvada politsiya tortib olgan ikki o‘zbek bolasi onasiga qaytarildi (FOTO)


Nigora qizlari bilan maxsus priyomnik eshigi oldida
Nigora qizlari bilan maxsus priyomnik eshigi oldida

Moskvada politsiya tomonidan olib qo‘yilgan ikkita bola o‘zbekistonlik onasiga qaytarib berildi. 30 yashar Nigora M.ning aytishicha, 2 va 4 yashar farzandi 3 kundan keyin “Yordam” tashkiloti ko‘magida bolalar uchun maxsus priyomnikdan olib chiqilgan. Politsiyachilar Ozodlikka bolalar qonun asosida onadan tortib olinganini gapirmoqda.

Moskvaning janubi-sharqida joylashgan Melnikova ko‘chasidagi uylardan birida ikki farzandi bilan ijarada turgan Nigora M.ning kvartirasiga 2017 yilning 5 may kuni FSB va politsiya bostirib kirdi.

Kvartirasi tintuv qilingan Nigoraning Ozodlikka bildirishicha, politsiya uning 2 yashar Mubinaxon va 4 yashar Xoshiyaxon ismli qizchasini biror ortiqcha tushuntirishlarsiz tortib olib qo‘ygan.

2 yashar Mubinaxon va 4 yashar Xoshiyaxonbegimlar onasiga qaytarildi
2 yashar Mubinaxon va 4 yashar Xoshiyaxonbegimlar onasiga qaytarildi

- Ertalab eshik ochildiyu, 12-15 tacha odam kirib keldi. Narsalarimni oldim, uyni obisk qilishdi. Hujjat ko‘rsatgani yo‘q, qimligini aytgani ham yo‘q. U uydan chiqib ketganimdan keyin boradigan joyim ham yo‘q. Katta bolamni ertasi kuni qaytarib berishdi – unda o‘zgarish uncha sezilgani yo‘q, ammo qo‘rqyapti, “Aya, ketib qolmang!”, deyapti. Lekin kichkina bolam stressga tushib qolgan. “Aya, ketmang! Aya, ketmang”, degan gapni qaytarayapti ikki kundan beri. Uyqusirayapti, odamlardan qo‘rqyapti bolam. Etagimdan maxkam ushlab olgan. Politsiyada uch sutka bolani ushlab turishga haqqi bor ekan.Dam olish kuni edi – Bahrom aka Hamroev borib, ular bilan urushib, “Nimaga bolani olib qo‘yyapsan?”, deb olib berdi bolalarimni. Ular o‘zlari bolangni “straxovka uchun”, “ketib qolmasliging uchun” olib qolganini aytdi, dedi Nigora.

Нигора билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00
Бевосита линк

Suhbatdosh bolalar Moskvadagi “Yordam” Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Bahrom Hamroev ko‘magida politsiyadan olib chiqilganini ma’lum qildi.

Bahrom Hamroev Ozodlik bilan suhbatda politsiya va FSB hatti-harakatlari Rossiya va xalqaro qonunchilikka mutlaqo zid, deydi.

Huquq faoli Bahrom Hamroev politsiyadan chiqarilgan bolalar bilan
Huquq faoli Bahrom Hamroev politsiyadan chiqarilgan bolalar bilan

​U O‘zbekiston vatandoshligiga ega 2 yashar Mubina va 4 yashar Xoshiyaxonbegimlar qalbaki hujjatlar asosida “rasmiylashtirilgani”ni aniqlaganini aytadi:

- 5 may kuni Moskvada FSB va politsiya o‘zbeklar yashaydigan 25tacha uyda tintuv o‘tkazib, shu ayolni bolalarini noqonuniy harakatlar bilan olib qo‘ydi. Ular hujjatlarni qalbakilashtirib, Nigoraxonning 2 va 4 yashar farzandini “yo‘ldan topib oldik”, deb hujjatlashtirgan. Bu bolalarni ular “Nigoraxon qochib ketmasin”, deb “garovga”olib qo‘ydi. “Bugun-erta sudlar ishlamaydi, shu uchun bolalaringni olib qo‘ydik”, degan. Bizning talabimizga ular hujjatni ko‘rsatdi: “Bolalar ko‘chada bo‘lgan, umuman boshqa adresda bo‘lgan, ota-onasiz bo‘lgan”, deb qalbakilashtirilgan. Biz telefon qildik, yozdik, oqibatda o‘zlari tezlik bilan bolani qaytarib berish qog‘ozini berdi. Qichkinasi uch kun olib turildi, lekin bola stress holatiga tushgan, dedi Bahrom Hamroev.

Huquq faoli politsiya 2 yashar Mubina emizikli ekanini bilgan holda onadan tortib olganini bildirdi.

Hozirda bolalar ikkalovi onasi bilan ekani, ammo ular deportatsiya xavfi ostida qolayotgani aniqlandi.

"Ёрдам" ташкилоти раҳбари Баҳром Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:29 0:00
Бевосита линк

Bahrom Hamroev Nigoraning barcha hujjatlari Yujnoportoviy politsiya bo‘limida qolmoqda, deydi. Ozodlik Mubina va Xoshiyaxonbegimning “ko‘chadan topilgani” to‘g‘risidagi hujjatni rasmiylashtirgan inspektor Olesya Ponomaryova bilan bog‘lanib, “politsiya qonun doirasida amal qildi” javobini oldi.

- Axir Nigorani GSUga (Bosh Tergov boshqarmasi- tahr.) olib ketishdi – bolalarni kim bilan qoldirishimiz kerak edi?! Biror vakili bo‘lmasa – otasi qamoqda, onasi tergovga olib ketilgani sababli bolalar vaqtinchalik maxsus priyomnikka joylashtirildi, dedi hujjat qalbakilashtirilishi borasida biror izoh berilmasligini aytgan inspektor Olesya Ponomaryova.

Uysiz-hujjatsiz qolgan Nigora M. hozirda sud mahkamasiga tortilgani va ma’muriy qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganini gapiradi.

“Men Moskvadan keta olmayman”, deya tushuntirishga urindi muhojir ayol.

- Hozir meni boradigan joyim umuman yo‘q. Ular telefon qilib, “Eski joyingda tur!”, deyapti. Ammo men qo‘rqyapman – u yerga borgim kelmayapti. Men Moskvadan keta olmasligimga ota-onasi, mendan boshqa hech kimi yo‘q turmadagi erimni qarashga qo‘limdan kelganicha yordam berib turuvdim, dedi Nigora.

Moskva tuman sudi Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy Kodeksining 18.8 moddasi, ya’ni “mamlakatda yashash qoidalarini buzgani” asosidaNigoraga farzandlari bilan ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etishni tavsiya etgani ma’lum bo‘ldi.

“Yordam” tashkiloti Nigora va uning farzandlariga huquqiy yordam berishni davom ettirishini ma’lum qildi.

Ozodlik politsiya muhojir onalardan forzandlari tortib olingan boshqa holatlar haqida ham xabar bergan.

XS
SM
MD
LG