Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:24

"Mirziyoev Pekindan Xitoyga gaz sotishdan voz kechib qaytsa, to‘g‘ri bo‘ladi"


“O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz sotishdan kutilgan foydani ko‘rmayapti”. Bu fikrni Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilardan biri Shavkat Mirziyoevning Xitoyga safari arafasida bildirdi. Boshqa bir tahlilchi esa, “Agar Pekin o‘zbek gazi narxini ko‘tarishni istamasa, kelishuvni bekor qilish, Xitoyga sotilayotgan gazni ichki ehtiyojga ishlatish, shu bilan mahalliy ishlab chiqarishga rag‘bat berish lozim”, dedi.

Toshkent-Pekin iqtisodiy hamkorligining joriy ahvoli

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Asad Xo‘jaev 2016 yilda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etgani, mamlakatga 8 mlrd. dollar miqdorida Xitoy sarmoyasi jalb etilganini aytgan.

Mana bu esa, 2015 yilga oid rasmiy raqamlar: 2015 yilda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,1 mlrd. dollarni tashkil etgan, mamlakatga 6,5 mlrd. dollar miqdorida Xitoy sarmoyasi jalb etilgan. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 651 ta korxona ishlagan.

Xitoy - o‘zbek gazi xaridori

"2021 yili o‘zbek gazi eksportining asosiy yo‘nalishi Xitoy bo‘lib qoladi. 2015 yili O‘zbekiston Xitoyga gaz sotish hajmini 2013 yilgi 6 milliard kubmetrdan 10 milliard kubmetrgacha yetkazadi", deb xabar qilgan edi RIA Novosti 2014 yilning oktabrida O‘zbekiston hukumatidagi o‘z manbasiga tayanib.

10 millard kubmetr – O‘zbekistonda bir yilda qazib olinadigan tabiiy gazning taqriban 5 dan 1 qismidir.

Domino effekti

Ukrainaga qarashli Qrim yarim orolini Rossiya anneksiya qilishiga javoban G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi jazo choralari ko‘rishi ortidan Rossiya gazi narxi tushib ketdi va bu holat Markaziy Osiyo – Turkmaniston va O‘zbekiston gazi narxining ham tushishiga sabab bo‘ldi.

“Gaz savdosi sohasida Toshkent Pekin munosabatlari juda murakkab. Geosiyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Rossiya o‘z gazini sanksiyalar tufayli sotolmay qolgani uchun Turkmaniston o‘z gazini Xitoyga arzon sotishga majbur bo‘lmoqda. Bu holat Ashxobod uchun og‘riqsiz bo‘lishi mumkindir, biroq O‘zbekiston uchun gazni bu narxlarda sotishi foydasiz. Mirziyoev Xitoyda shu masalani hal qilishi kerak”, dedi O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, Ostonadagi Yevroosiyo unversiteti dotsenti Saparboy Jubaev Ozodlik bilan suhbatda.

Toshkent-Pekin munosabatlarining joriy ahvoli va bu munosabatlarning istiqbollariga oid Saparboy Jubaev Ozodlikka bergan suhbatni quyida tinglang:

Сапарбой Жубаев Тошкент-Пекин муносабатлари тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:01 0:00
Бевосита линк

Ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent bilan Pekin o‘rtasida gaz savdosiga oid kelishuvga 2010 yilning iyunida erishilgan, gaz yetkazib berish 2012 yilning 1 aprelidan boshlangan.

Eskirgan formula

O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, “O‘zbekneftgaz” davlat aksiyadorlik kompaniyasining sobiq rahbarlaridan biri Anvar Husainov Ozodlikka bergan suhbatida Xitoyga gaz sotish O‘zbekiston uchun dastlabki yillarda foydali bo‘lganini aytarkan, bunday dedi:

“Bugungi kunga kelib gaz narxini shakllantirish formulasi eskirdi va mavjud narxlar O‘zbekistonni qoniqtirmaydi. Bu masala ko‘tarilishi va o‘zgartishlar kiritilishi kerak”.

Anvar Husainovning fikricha, Xitoy o‘zbek gazi uchun ko‘proq pul to‘lashni istamagan taqdirda ham, bu Toshkent uchun fojea bo‘lmasligi kerak, hatto gaz sotishni kamaytirishdan manfaatdor.

- Chunki ichki bozorimiz bor. O‘sha gazni qayta ishlaydigan quvvatlarimiz bor. Sho‘rtangaz gaz-kimyo kompleksi, Qoraqalpog‘istondagi gaz-kimyo kompleksi, shunga o‘xshash yana bir-ikki yirik kompleks bor. Bulardan tashqari gazni qayta ishlaydigan mayda va o‘rta korxonalar paydo bo‘lganki ularga bugunga kunda xom ashyo kerak, - dedi Anvar Husainov.

Ko‘mir yoqayotgan iste’molchi tili uchidagi gap

“O‘zbekneftgaz” davlat aksiyadorlik kompaniyasining sobiq rahbarlaridan biri Anvar Husainov Xitoyga gaz sotish to‘xtatilsa, sotilmay qolgan gazni komplekslarda o‘zimiz qayta ishlaymiz, deb turgan bir vaqtda yillardan buyon gaz taqchilligidan aziyat chekayotgan oddiy iste’molchi “Xitoyga sotilmay qoladigan gazni o‘zimiz yoqamiz”, deyishi tabiiy.

Toshkent-Pekin munosabatlarining joriy ahvoli va bu munosabatlarning istiqbollariga oid Anvar Husainov Ozodlikka bergan suhbatni quyida tinglang:

Анвар Ҳусаинов Тошкент-Пекин муносабатлари тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:34 0:00
Бевосита линк

5 kunga cho‘ziladigan Xitoy safari

O‘zA agentligining xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017 yilning 11-13 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘ladi.

Davlat tashrifi yakuniga yetgach, 14-15 may kunlari Prezident Pekin shahrida “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Xitoy hukumati tashabbusi bilan tashkil etilgan forumga 40 dan ortiq davlat va hukumatlar rahbarlari kelishi kutilmoqda.

Pekinda "100 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilayapti"​

O‘zbekiston rahbari “XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlarda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar”, deyilgan O‘zA xabarida.

Mahalliy nashrlarning O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Asad Xo‘jaevga tayanib xabar qilishicha, davlat tashrifi doirasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jami qiymati taqriban 20 mlrd AQSh dollari miqdorida 100 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilayapti.

XS
SM
MD
LG