Линклар

Rossiyalik “Pokemon tutuvchi” bloger shartli qamoq jazosi oldi


Bloger Ruslan Sokolovskiy 11 may kuni Yekaterinburg shahrida o‘z ustidan bo‘layotgan sud majlisida

Rossiya sudi blogerni YouTube kanaliga videolar, jumladan, cherkovda o‘zi Pokemon tutayotgani tasvirlangan videoni qo‘ygani bilan dindorlarning nafratini uyg‘otgani va hissiyotini tahqirlashada ayblab, shartli jazo belgiladi.

Uraldagi Yekaterinburg shahar sudi 22 yashar Ruslan Sokolovskiyni jinoyat qilganlikda ayblab, 3,5 yarim yil shartli jazoga hukm qildi, ammo ushbu hukmni inson huquqlari himoyachilari qoralab chiqdi.

Shartli jazo uning qamoqqa tashlanmasligini anglatadi.

Sokolovskiy avgust oyida Yekaterinburg shahridagi rus pravoslav cherkovida “Pokemon tutish” o‘yinini o‘ynayotgani tasvirlangan videoni YouTube kanaliga joylashtirgani ortidan sentabr oyida hibsga olingan edi. O‘sha paytda ushbu o‘yinni qo‘l telefonlarida o‘ynash urf bo‘lib ketgan edi.

Davlat televideniesida diniy ibodat qilinadigan joylarda virtual maxluqlarni tutmaslik haqida ogohlantirish berilgandan so‘ng Sokolovskiyning YouTube kanaliga joylashtirilgan videosini 300 ming nafar kishi tomosha qildi.

Cherkovda olgan videosi va boshqa ishlari uchun unga dindorlarning nafratini uyg‘otish va hissiyotini tahqirlash aybi qo‘yildi.

Prokuratura Sokolovskiy “hech qanday zo‘ravonlik qilmagani” va ekstremist emasligini aytib, suddan uni 3,5 yilga kesishni so‘radi.

Men ahmoq bo‘lishim mumkin, ammo ekstremist emasman”, dedi u o‘tgan oy sud majlisida.

Rossiya sudlarida oqlov hukmini chiqarish hollari juda kam uchraydi va tanqidchilarning aytishicha, sudlar prezident Vlamir Putin hukumati va mahalliy hokimiyat idoralarining aytganini bajarib keladi.

So‘nggi yillarda Rossiya hokimiyat idoralari o‘zi Internetda nafrat uyg‘otuvchi fikr yoki boshqacha ekstremistik mazmunga ega deb hisoblayotgan fikrlar bildirilgan maqolalar mualliflarini tez-tez javobgarlikka tortmoqda.

Inson huquqlari faollarining aytishicha, bunday ishlarning aksariyati Konstitutsiyada himoyasi belgilab qo‘yilgan so‘z erkinligi uchun qo‘zg‘atilmoqda.

[Ruslan Sokolovkiy] 3 yarim yillik qamoqqa hukm qilinsin. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan, qamoq shartli hisoblansin va uch yillik sinov muddati belgilansin,” dedi sudya Yekaterina Shoponyak.

Sudya Yekaterina Shoponyak chiqargan hukmda bildirilishicha, mabodo uch yillik sinov muddati davomida Sokolovskiy qonunni buzadigan bo‘lsa, shartli hukm haqiqiy qamoq jazosi bilan almashtirilishi mumkin. U yana YouTube kanalidagi shubhali videolarni olib tashlashga ham buyruq berdi.

Shoponyak Sokolovskiyning ishi OAVda biryoqlama yoritilganini qoraladi. Uning fikricha, OAV Sokolovskiyni nafrat qo‘zg‘atgani va dindorlar hissiyotini tahqirlagani uchun emas, faqat “Pokemon tutish” o‘yinini o‘ynagani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, deb hisoblaydi.

Sud hukmi o‘qilgandan so‘ng, hali sud ijrochilari OAV vakillarini tashqariga chiqarib yubormay turib, Sokolovskiy sudning odam liq to‘la zalida, “Hammangizga rahmat”, deb aytdi.

XS
SM
MD
LG