Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:59

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ korxonasida "don o‘g‘irligi" videolari sizdirildi


"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ korxonasida don o‘g‘irligi aks etgani iddao qilinayotgan videotasvirlar Ozodlikka kelib tushdi. Korxona xodimlaridan biri 10 may kuni o‘zi guvoh bo‘lgan "don o‘g‘irligi holati"ni qo‘l telefoni yordamida videoga tushirib, Ozodlikka jo‘natdi. "Qo‘qon don mahsulotlari" AJ rahbariyati esa o‘g‘irlik yuz berganini "mutlaqo" inkor qildi.

Ozodlikka yuborilgan video tasvirda o‘rta yoshlardagi to‘rt shaxs qoplarni ko‘tarib, korxonaning usti sim to‘r bilan tortilgan devori tomon yurayotgani aks etgan.

"Қўқон Дон"да ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00

Yana bir tasvirda esa tikanli sim bilan tortilgan devorga narvon qo‘yilgan, odamlar unga chiqib devorning narigi tomoniga ichiga don to‘ldirilgani aytilgan qoplarni uzatayotganini ko‘rish mumkin.

Tasvirlarni Ozodlikka jo‘natgan korxona xodimi videoda aks etgan voqea don o‘g‘irligi ekani va bunday o‘g‘irliklar "Qo‘qon don mahsulotlari" AJ hududida "har kuni ko‘riqchilarning ko‘z o‘ngida" sodir bo‘lishini aytdi.

"Ushbu videodagi holat - davlat zahirasi saqlanayotgan don omboridan bug‘doy o‘g‘irligi. Har kuni uch mahal shunday o‘g‘irlik bo‘ladi," - dedi "Qo‘qon don mahsulotlari" AJning ismi sir qolishini istagan xodimi.

"Қўқон Дон"да ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:56 0:00

Strategik ahamiyatga molik muassasalar sirasiga kiruvchi "Qo‘qon don mahsulotlari" harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi tarafidan qo‘riqlanadi.

Korxonadan olib chiqiladigan har bir narsani darvoza oldida turgan qo‘riqchilar qayddan o‘tkazadi.

Lekin, korxonada qoplarni ko‘targan odamlar darvozadan emas tikanli simli devor osha ularni olib o‘tishga urinishi bu o‘g‘irlik, degan shubhalarni kuchaytaradi.

Ozodlik videodagi tasvirlarning "Qo‘qon don mahsulotlari" AJning Google portaliga joylangan fotosuratlari bilan solishtirib, videoning aynan shu korxonada olinganini aniqladi.

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJning Google Maps ga joylangan surati.
"Qo‘qon don mahsulotlari" AJning Google Maps ga joylangan surati.

Zavod rahbarlaridan biri bunday hodisa yuz berganini "mutlaqo" inkor qildi.

Ozodlik korxonada o‘g‘irlik iddaolarini o‘rganish asnosida korxonaning boshqa xodimlari bilan ham suhbatda bo‘ldi.

Korxona xodimlaridan biri ishchilar oyligining pastligi shunday o‘g‘irliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotganini aytdi.

"Ishchilar haftasiga 240 soat ishlaydi, lekin 196 soat yoziladi. 330 ming so‘m oylik beriladi. Ba’zida shu pul ham zaderjka bo‘ladi," - dedi u.

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ bir kecha-kunduzda 500 tonnagacha don ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG