Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:51

O‘zbek bozori o‘rniga gipermarket qurishdan kimga foyda bor?


Bozor Men nechun sevaman O‘zbekistonni
Bozor Men nechun sevaman O‘zbekistonni

2017-2019 yillar ichida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ular o‘rniga zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidentining qarori ortidan Ozodlikka shikoyatlar ko‘plab shikoyatlar keldi. Ular asosan bozor buzilgani ortidan ishi kasod bo‘lgan tadbirkorlar arz-dodidan iborat.

"Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan "Koson dehqon bozori" buzib tashlanmoqda. Do‘kondorlar 8000 dollardan do‘kon uchun to‘lagan edi. Hozir esa, buzib tashlashmoqda. Tadbirkorlar norozi. Bu viloyatdagi eng ko‘rkam bozor edi," deya shikoyat qildi qashqadaryolik tujjorlardan biri.

Uning ortidan Samarqanddagi dehqon bozori buzilishi ortidan yuzlab odam ishsiz qolgani haqida Ozodlikda maqola chiqdi.

O‘tgan hafta buxoroliklarning Ozodlikka bildirishicha¸ 1 mayga kelib¸ shahar markazidagi eng gavjum bozor "Suriyaning bombalangan shaharlariga o‘xshab qolgan".

Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari "Gipermarket qurib, mamlakatni zamonaviy qilaman, degan istak ortidan O‘zbekistonni dunyoga jozibali qilib turgan milliy bozorlar yo‘q qilinishi maqsadga muvofiq emas" deb topishdi.

Prezident qarorida aytilishicha¸ "aksariyat dehqon bozorlarida xavfsizlik choralari, xususan, bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari va normalari, gigiena normativlari to‘liq inobatga olinmaganligini" ular o‘rnida "to‘rt tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar ko‘rinishidagi zamonaviy savdo majmualari" qurilishini taqozo qilgan.

Qurultoyda ishtirok qilgan andijonlik tadbirkor Ikrombekga ko‘ra¸ "Andijondagi buzilayotgan bozor estetik va sanitariya jihatdan qusursiz bo‘lgan".

"Bu bozorning bitta aybi uning bozorligidami?" - deb savol qo‘ydi u.

Unga ko‘ra¸ gipermarket va supermarketlar qurilishi pirovardida narxlar oshishiga olib keladi.

Eshittirishda qatnashgan turizm shirkati vakili "O‘zbekistondagi bozorlar yo‘qotilishi ortidan turistlarning qiziqishi kamayadi" degan fikrni bildirdi:

- Shveysariya va Fransiyadan keladigan sayyohni gipermarket bilan hayron qoldira olmaysiz¸ ularga sharq bozori kerak¸ dedi sayyohlik shirkati vakili.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG