Линклар

18 декабр 2017, Тошкент вақти: 19:49

Ichki ishlar vazirligi qoidabuzar haydovchilar “reyting”ini e’lon qildi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan kameralar tomonidan qayd etilgan eng ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar reytingini e’lon qildi (“Postda”, 7 may). Ma’lum qilinishicha, VAZ-2013 rusumli, 10 J 506 FA raqamli avtomobilь haydovchisi “raqib”larini ancha ortda qoldirib, “mutlaq g‘olib” bo‘lgan. U svetoforning taqiqlovchi ishorasida 32 marta o‘tgan va 9,4 million so‘m jarimaga tortilgan. IIV reytingining ikkinchi va uchinchi o‘rinlarida 01 T 885 TA raqamli “Spark” (15 ta qoidabuzarlik, 7 million so‘m jarima) va 10 J 278 HA raqamli “Lada-2107” (20ta qoidabuzarlik, 3,1 million so‘m jarima) avtomashinalari egalari qayd etilgan. Qoidabuzarlik “poyga”sida g‘olib chiqqan barcha haydovchilar IIV YHXBBga taklif etilib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, deb xabar beradi “Postda” nashri.

Xonanda Abdulla Qurbonov qamalgani bois bir o‘limdan qolganini ma’lum qildi

​Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgani bois qamalgan xonanda Abdulla Qurbonov o‘sha jinoiy ishga oid yangi tafsilotni ochiqladi (“Darakchi”, 11 may). 2013 yilda xonanda mast holda MXX va IIV nisbatan nojo‘ya gaplarni aytayotgani aks etgan video tarqalgan edi. O‘shanda xonandaga nisbatan jinoiy ish ochilgan va u qamalgan edi. Abdulla Qurbonov “Darakchi” nashriga intervyusida ma’lum qilishicha, jinoiy ish ochilishi arafasi u AQShga oilasi bilan sayohat qilish uchun viza olgan. Safar davomida kemada sayr qilish ham rejalashtirilgan. Ammo unga nisbatan jinoiy ish ochilgani bois xonanda xorij safariga bora olmagan. “Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o‘limdan qolganman-da” deydi xonanda A.Qurbonov. Eslatib o‘tamiz, keyinroq xonanda osoyishtalik posbonlarini turli noo‘rin gap-so‘zlar bilan xafa qilganidan ming karra afsusda ekani va bunday hol boshqa takrorlanmasligini bildirgan edi.

Matbuot: mol bozori, hatto somon bozori bor, ammo kitob bozori yo‘q

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan yirik kitob do‘konlari tizimini yaratish bugungi kun talabi bo‘lib qolmoqda (“XXI asr”, 11 may). “Yurtimizning har bir tumanida mol-qo‘y bozori, somon, tovuq, hatto qush bozorlari, istalgan oziq-ovqat va dehqonchilik bozorlari bor. Ammo birorta kitob bozori yo‘q, to‘g‘rimi? Hech kim erta tongdan turib, kitob olaylik, yoki qani kitob sotib ozroq pul ishlaylik deb oshiqmaydi” deb yozadi gazeta. Mamlakatda yiliga atigi 4-5 million dona ommaviy adabiyot chop etilmoqda. Demak, bitta xonadonga hatto bir dona kitob to‘g‘ri kelmayapti. Maqolada, shuningdek, to‘y-hashamlarda qilinayotgan sandiq-sandiq sarpo-suruq, xorijiy mebelu qimmatbaho mebellar yoniga kitoblarni ham qo‘shish taklif etilgan.

XS
SM
MD
LG