Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:08

Matbuot sharhi: O‘zbek deputatlari benzin narxi sun’iy oshirilayotganidan norozi


Toshkentdagi Oliy Majlis binosi.
Toshkentdagi Oliy Majlis binosi.

O‘zbekistonda ketma-ket ro‘y bergan zilzilalar bois vahimali ovozalar tarqaldi. Farg‘onada soxta tabib bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Qamoq jazosi xonanda Abdulla Qurbonovni o‘limdan qutqarib qolgan. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_______________________________________________________________

Parlament benzin narxi sun’iy oshirilayotganini tanqid qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aholini tabiiy gaz, neft mahsulotlari, xususan, benzin bilan ta’minlash borasidagi muammolarga e’tibor qaratdi (“Jamiyat”, 5 may). Qayd etilishicha, 2010-2016 yillarda avtobenzin ishlab chiqarish 26,2 foiz, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish esa 8,3 foizga kamaygan. Bu esa hududlarda benzin narxining sun’iy ravishda oshirilishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois parlament vakillari neft-gaz zaxiralarini tejagan holda ularni maqbul ishlatishni nazoratga olish zarur deb hisoblamoqda. Avvalroq Vazirlar Mahkamasi majlisida ham 2010-2016 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital kiritilganiga qaramasdan suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygani tanqid qilingan.

O‘zbekistonda ketma-ket ro‘y bergan zilzilalar bois vahimali ovozalar tarqaldi

Keyingi uch-to‘rt kun ichida O‘zbekistonda ketma-ket ro‘y bergan zilzilalar bois odamlarda vahimali kayfiyat uyg‘ondi, ijtimoiy tarmoqlarda yaqin orada kuchli zilzila yuz berishi haqida ovozalar tarqaldi (“Oila davrasida”, 11 may). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatov bu kabi vahimali ovozalar asossiz ekanini ta’kidlab, odamlarni uydirmalarga emas, ilm-fan xulosalariga tayanishga chaqirgan. “Zilzila qachon, qancha kuchlanishli bo‘lishi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lgani bois bu borada yuz foizli aniq gap aytish mushkul. Ilmiy izlanishlar bu masalaning tagiga to‘liq yetgani yo‘q. Lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan er silkinishlarining joyi va kuchini bilish masalasi nisbatan yuqori aniqlikda hal etilgan” deydi seysmolog U.Nurmatov.

Farg‘onada soxta tabib bemor yigitning hayotiga zomin bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida noqonuniy ravishda tabiblik bilan shug‘ullangan nafaqadagi Erali Sheraliev bir bemorning hayotiga zomin bo‘ldi (“Huquq”, 11 may). Oliy ma’lumotli E.Sheraliev xotini Rahimaxon Rahimova bilan birgalikda tibbiy talablarga mutlaqo javob bermaydigan sharoitda, qo‘lbola usulda tayyorlangan damlamalar yordamida bemorlarni davolab kelgan. Qayd etilishicha, er-xotin xonaki tabib teri kasalligidan shikoyat qilib kelgan yigitga noto‘g‘ri tashxis qo‘yishadi va uning badaniga qo‘lbola usulda cho‘chqa yog‘iga mo‘miyo qorishtirib tayyorlangan “malham”ni surtishadi. So‘ng bemor yigit kun issig‘ida tsellofan klyonkaga o‘ralgan holatda yotqizib qo‘yiladi. Bu usuldagi “davolash” kursi 5 kun davom etadi. Oqibatda bemor yigit bir necha kundan keyin vafot etadi. Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, soxta tabiblar qo‘llagan “davolash” usuli bemorning markaziy nerv tizimi, qon aylanishi, nafas va modda almashinuvini izdan chiqargan, bosh miya shishishiga olib kelgan. Qo‘lbola tabiblarning boshqa qurbonlari bor-yo‘qligini ochiqlanmagan, ammo ularga tegishli jazo tayinlangani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG