Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:23

"O‘zagrotexsanoatxolding": Paxtani qo‘lda terish qimmatga tushayapti, mashina terimiga o‘tishimiz kerak


Toshkent traktor zavodida yig‘iladigan yangi paxta terish mashinasi
Toshkent traktor zavodida yig‘iladigan yangi paxta terish mashinasi

O‘zbekistonda yetishtiriladigan paxtani terib olish uchun 10000 ta mashina kerak. Shundagina hosilni terib olishniqariyb 100% ga mexanizatsiyalashtirish mumkin.

Bu haqda Podrobno.uz saytiga "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati raisi Nodir Otajonov aytdi.

"Paxta terimini mexanizatsiyalashtirish mamlakatimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu vazifa mashinalarni ishlab chiqarishdan tortib, dalalarni mashinaga moslash, chigit ekish, kultivatsiyalash kabi boshqa choralarni o‘z ichiga oladi. Raqamlarga keladigan bo‘lsak, bunday mashinalar uchun mamlakat ehtiyoji 5000 dan 10000 tagachadir", - degan Otajonov.

"O‘zagrotexsanoatxolding" raisiga ko‘ra, shu kunda mamlakatda yiliga ko‘pi bilan 1000 tadan 1500 tagacha paxta terish mashinasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu yil 600 ta mashina ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

"Kelasi 5 yil davomida katta sur’atlar bilan olg‘a siljiymiz, deb o‘ylayman. Qisqa vaqt ichida biz terimni mexanizatsiyalashtirishimiz lozim, chunki qo‘l terimi juda ko‘p odamni jalb qiluvchi o‘ta qimmatga tushadigan tadbir ekanligini bilamiz. Yangi xolding kompaniyasi yaratish nisbatan qisqa vaqt ichida bunday global muammolarni hal qilishni nazarda tutadi. Men kelasi yilgacha ichki bozorga kamida 1000 ta paxta terish mashinasi yetkazib beriladi, deb o‘ylayman", - degan xolding rahbari.

Otajonovga ko‘ra, shu kunda mamlakat dalalarida 1000 dan ortiq mashina ishlatilmoqda, qo‘l terimidan mashina terimiga o‘tish jarayoni silliq kechmayaptiki, xolding tizimida bu sohadagimurakkab masalalar ustida ish olib borilmoqda.

"O‘zagrotexsanoatxolding" raisiga ko‘ra, asosiy ustuvor vazifa mashinalar yuqori sifatli bo‘lishinita’minlashdir. Shu maqsadda, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini chuqur modernizatsiyalash ustida ish boshlangan, shu sohadagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgan 10 dan ortiq korxona shu jumladan mahalliy avtomobil ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik boshlangan.

"Bu yo‘nalishda biz, nafaqat mashinalarimizni ishlatayotganlar bilan, balki paxta xom ashyosini qabul qilib oluvchilar bilan ham ishlayapmizki, toki keyin e’tiroz bo‘lmasin. Mashinamiz raqobatbardosh va samarali ekanligini bu namoyish qilamiz", - degan Otajonov.

"O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati raisi Nodir Otajonovga tayanib, boshqa bir nashrning xabar qilishicha, joriy oy oxirigacha Rossiyaning “Rosselmash” kompaniyasi Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodida o‘z mashinalarini yig‘ishni boshlaydi.

Rossiyaning qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rostselmash” shirkati va Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi o‘rtasida hamkorlik haqidagi memorandum 2016 yilning noyabrida imzolangan edi.

Rosselmash matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur hujjat bilan shirkatlar Chirchiqda Rosselmash mahsulotlarini yig‘ish ishlarini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatini bildirganlar.

Shu tariqa O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov hamda Rossiya Sanoat va savdo vaziri muovini Aleksandr Morozov o‘rtasida oktabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tilga olinmish loyihaga start berilgan.

O‘shanda tomonlar O‘zbekistonda yem-xashak yig‘uvchi kombaynlarni birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatini batafsil o‘rganib chiqishga kelishib olgandilar.

"O‘zagrotexsanoatxolding" kompaniyasi Prezidentning farmoniga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida tashkil etilgan. Xolding qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmat ko‘rsatishgaixtisoslashgan.

XS
SM
MD
LG