Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:08

Toshkentdagi “Malika” savdo kompleksida o‘tkazilgan reydda valyutafurushlar qo‘lga olindi


10 may kuni Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li bo‘yidagi “Malika” savdo kompleksi (“Fleshka” savdo markazi)ga Toshkent shahar Yashnobod tumani prokuraturasi qoshidagi Departament va Toshkent shahar IIBB otryadi tezkor vakillaridan iborat guruh reyd uyushtirdi. Tezkor tadbir davomida bir necha shaxs noqonuniy valyuta operatsiyalari va jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlanib, hibsga olindi.

Bu haqda “Ozodlik”ka xabar qilgan savdo kompleksida faoliyat ko‘rsatuvchi tujjorlardan biriga ko‘ra, Departament xodimlari bu yerdagi vaziyat va kimlarning valyuta bilan savdo qilayotganiga oid ma’lumotlardan avvaldan xabardor bo‘lishgan.

“Departament asosan tanlangan do‘konlarni bosdi. Tanlangan shaxslarni ushlab ketishdi. Qandaydir fuqarolarning arizalari mavjud ekan. Bu shuni ko‘rsatmoqdagi, qopqon avvaldan qo‘yilgan. Shu tufayli ham savdo markazidagi tujjorlar qo‘rqib qolishgan” deydi “Ozodlik” manbasi.

Toshkent shahar Yashnobod tumani prokuraturasi qoshidagi valyuta va noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida valyuta operatsiyalari bilan qonunga zid ravishda shug‘ullanib kelgan bir qancha shaxslar hibsga olingan:

“Doimiy ravishda noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan R. va N. ismli shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro A.ga har bir AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7700 so‘mdan hisoblab, 5 ming 200 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtda Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Ularning yonidan 16 ming AQSh dollari, 10 ming 220 yevro, 1010 Angliya funt sterlingi, 440 ming 800 Rossiya rubli ashyoviy alil sifatida olib qo‘yilgan. Yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda” deyiladi Departament ma’lumotida.

Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abduraximovning mahalliy nashrlarda chop qilingan ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 4 oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan jami 177 ta holat aniqlangan.

Ulardan 31tasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 146tasi bo‘yicha ma’muriy-huquqbuzarlik sodir etgani uchun materiallar to‘planib, sudga yuborilgan.

XS
SM
MD
LG