Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi boshlandi


11 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy xalq respublikasiga uch kunlik davlat tashrifi boshlandi. Davlat rahbari Pekinga rafiqasi hamrohligida 11 may oqshomida yetib bordi.

Bu haqda Xitoyning CCTV telekanali xabar qiladi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, tashrif chog‘ida Prezident Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jingpin, Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi raisi Jan Detsyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuv va muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi

Tashrif doirasida 100 ga yaqin ikki tomonlama hujjat, jumladan, qiymati 20 milliard dollarga teng shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidentining Xitoy yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o‘zaro foydali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga doir hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan, 100 ga yaqin ikki tomonlama hujjat, jumladan, qiymati 20 milliard dollarga teng shartnomalar imzolanishi kutilayotgani to‘g‘risida aytildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti 14-15 may kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan “Bitta mintaqa, bitta yo‘l” xalqaro forumida ham ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG