Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:14

Andijon qochqinlari 12 yil avvalgi qirg‘in haqida gapirishni istashmaydi


Uzbekistan - Andijon Refugees in Czech Republic, May2006
Uzbekistan - Andijon Refugees in Czech Republic, May2006

2005 yilning 13 may voqealari tariqdek sochib yuborgan andijonliklar AQSh, Avstraliya, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Chexiya, Shveysariya, Niderlandiya, Belgiya kabi mamlakatlardan boshpana topdi. Bugungi kunda o‘zlari yashayotgan mamlakatlarda asosan savdogar, novvoy, somsapaz, oshpaz, duradgor, quruvchi, kosib, fermer, sartarosh, haydovchilik kabi oddiy tirikchilik ishlari bilan ovvora bu qochqinlar o‘n ikki yil avval Andijonda bo‘lgan qirg‘inni eslashni xohlashmaydi.

- Hozir aka tinchlik haqida o‘ylaylik. Bo‘lar ish bo‘ldi. Hozir bizga tinchlik kerak,- deydi Yevropa mamlakatlaridan birida yashovchi andijonlik qochqinlardan biri.

Ўзбек сомсасини Чехияда патентлаган андижонлик қочқин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00

Andijon qirg‘ini paytida Qirg‘izistonga qochib o‘tgan besh yuzga yaqin andijonlik BMT yordamida dastlab Ruminiyaga, keyin Yevropa, Avstraliya, Amerika davlatlariga olib o‘tilgan edi.

Andijonda yosh bola va ayollar doxil yuzlab begunoh odam o‘limiga olib kelgan 12 yil avvalgi qirg‘in haqida qochqinlarning nega sukutga cho‘mganini ular bilan avval o‘tkazilgan suhbatlardan anglash mumkin.

Andijonda 2004 yil yozida qamalgan va 2005 yil 13 mayga o‘tar kechasi qamoqxonaga qurolli hujumdan keyin ozod bo‘lgan 23 nafar andijonlik tadbirkorning biri, Shvetsiyada boshpana topgan 39 yashar Shamsiddin Atamatov.

Olti yil avval Germaniyaning Dyusseldorf shahrida "Andijon - Adolat va Tiklanish" tashkilotiga birlashgan qochqinlar Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonda qamoqda qolgan yaqinlari va maslakdoshlarini qutqarish niyatida Toshkent hukumati bilan kelishuvga borilganini aytib bergan edi.

Andijonda 2004 yil yozida qamalgan va 2005 yil 13 mayga o‘tar kechasi qamoqxonaga qurolli hujumdan keyin ozod bo‘lgan 23 nafar andijonlik tadbirkorning biri, Shvetsiyada boshpana topgan 39 yashar Shamsiddin Atamatov Andijon qochqinlari va Islom Karimov hukumati o‘rtasida 13 may kungi qirg‘in borasida sukut saqlash haqda kelishuv tuzilgani va bu kelishuvga muvofiq prezident saylovidan keyin ularning safdoshlari ozod etilishi kerak bo‘lganini aytgan.

Ammo hukumat bu va’dasi ustidan chiqmadi. Aksincha, qamoqxonadan ozod etilishi va’da qilingan andijonlik mahbuslar jasadlari chiqa boshladi, degan edi Atamatov.

- O‘rtada hukumat bilan kelishuv bor edi. Turmada o‘tirgan bolalar zalojnik sifatida O‘zbekistonda qolib ketdi. U yoqda qolib ketgan 1000ga yaqin odamlarimiz bor. Ular bizga begona emas. Ular bizga hamfikr¸ maslakdosh. Bizga “Prezident saylovigacha bu odamlarni ushlab turamiz. Prezident saylovidan keyin¸ bu odamlarga yenglillik bo‘la boshlaydi” degan va’da berilgan edi. Bu odamlarni qo‘yilgan soxta ayblovlarning og‘ir-yengilligiga qarab bosqichma-bosqich chiqarish va’da qilingan edi. Biz Ruminiyada bo‘lgan paytimizda hukumat vakillari “Biz ularga otuv bermaymiz. Buning evaziga esa sizlar jahon ommaviy axborot vositalariga hech narsa gapirmaysizlar” deyishgan edi. Shuning uchun biz gapirishni to‘xtatganmiz. Shu kelishuvni yana ham kafolatlash uchun ular bizga “Orqaga qaytaveringlar bo‘lmasa” degan bir taklifni qo‘yishdi¸ degan edi hozirda Shvetsiyadan boshpana topgan 39 yashar Shamsiddin Atamatov.

Hukumat va "akramiylik"da ayblangan qochqinlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra¸ 2006 yilning yozida AQShdan 60 nafarga yaqin qochqin mamlakatga qaytdi.

O‘zbekiston rasmiy idoralari qaytib kelganlar ustidan to‘la kuzatuv va nazorat o‘rnatdi, telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitish, har kuni militsiyaga hisob berib turdi.

Avstraliyadan Andijonga qaytib borgan qochqin ayol Dilorom Abduqodirova 10 yilga qamaldi.

2010 yil yanvarida Avstraliyadan Andijonga qaytib borgan qochqin ayol Dilorom Abduqodirova O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanib 10 yilga ozodlikdan maxrum etildi.

- Ularning maqsadi 2005 yil 13 may voqealarining tirik guvohlarini yo‘q qilish edi. Hukumatni barcha tuzilgan rejalari, qochqinlarning qaytishi shuni hisobiga bo‘lgan,- degan edi andijonlik qochqinlardan biri.

Andijonlik qochqinlarning aksar ko‘pchiligi AQShning Aydaho va Arizona shtatlarida boshpana topgan.

Ozodlik muxbirining: “Yaqinlaringizni savdoga qo‘yishsa hukumat talabiga qayta ko‘nasizlarmi?”, degan savoliga andijonlik qochqin: “Bugun endi men ko‘nmayman. Chunki hamma narsani boshlanishi ohiri bo‘lganidek, 13 may voqealariga nuqta qo‘yilgan emas, biz bu yo‘ldan ortga qaytmaymiz”, - deb javob qilgan edi.

Tashkil topganidan ikki yil o‘tib "Andijon - Adolat va Tiklanish" tashkiloti faoliyatini to‘xtatdi.

2011 yilda "Andijon - Adolat va Tiklanish" tashkiloti O‘zbekiston xalq harakati tarkibidan chiqqanini e’lon qildi.

Andijon bo‘yicha mustaqil¸ xalqaro mahkama o‘tkaziladigan bo‘lsa¸ ko‘rsatma berishga tayyor ekanliklarini aytgan "adolatchilar" bugun yana skutga cho‘mgan.

Ayni paytda andijonliklar 12 yil avvalgi voqealarni jurnalistlar ham ko‘tarmasliklarini istashmoqda.

11 may kuni o‘zini 2005 yil 13 may voqealarida ayblanib, 20 yillik qamoqqa hukm qilingan Qobiljon Parpievning o‘g‘li Jahongir deb tanishtirgan shaxs Ozodlik efirida Andijon qirg‘ini nomi bilan tarixga kirgan voqealarni unutishga chaqirdi va bu voqealarni eslayotgan inson huquqlari faollari va jurnalistlarni “kerak bo‘lmagan” ish bilan shug‘ullanayotganlikda aybladi.

XS
SM
MD
LG