Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:21

Ismat Xushev: Mirziyoev oilasi bilan Xitoyni zabt etdi...


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyga davlat safari tashrifi davomida Pekin rahbariyati bilan savdo-iqtisodiy va qo‘shma investitsion loyihalarni muhokama qildi. Janob Mirziyoevning xorijga to‘rtinchi safarida unga rafiqasi Ziroatxon Mirziyoeva (Hoshimova) ilk bor hamrohlik qildi. Kanadadan “Dunyo o‘zbeklari” saytining bosh muharriri Ismat Xushevning ishonishicha, prezident Mirziyoevning Xitoyga rafiqasi bilan borishi prezident imiji uchun ijobiy xizmat qiladi.

“Biz chorak asrdan bo‘yon davlat rahbarlari ishtirok etadigan rasmiy tadbirlarda hayoli, iboli va latofatli bo‘lgan sof o‘zbek ayoli timsolini ko‘rish ilinjida yashadik va Mirziyoevni Xitoyga rafiqasi bilan borishi juda katta inqilobiy voqea bo‘ldi. Dunyo jurnalistlari endi o‘zbek prezidentining dilbar rafiqasini go‘zal prezidentlarning oilasi qatoriga qo‘ysa ne ajab,” dedi Ismat Xushev.

O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva kim?

Kanadadan jurnalist Ismat Xushev o‘zining “Dunyo o‘zbeklari” veb saytida O‘zbekistonning birinchi xonimi haqida bir qancha maqola bosgan.

Ismat Xushevning ishonishicha, “prezidentlarning oilaviy bordi-keldisi xalqlar do‘stligiga xizmat qiladi".

OzodNazar ruknida jurnalist bilan ayni mavzuda suhbat bordi.

Исмат Хушев билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:16 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG