Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:05

Sur’at Ikromov: Dindorlarga jazo muddati qo‘shib berilyapti


Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yangi qamoqxona
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yangi qamoqxona

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi etakchisi Sur’at Ikromovning 12 mayda tarqatgan xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida so‘nggi amnistiya qarori asosida ozod etilishi kerak bo‘lgan dindorlar ustidan soxta "jinoiy ish"lar ochilib, ularning jazo muddati uzaytirilmoqda. ​Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining so‘nggi yillik hisobotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev prezident etib saylanganidan beri mamlakatda “inson huquqlariga oid o‘ta yomon ko‘rsatkich” ijobiy tomonga o‘zgargani yo‘q.​

Ozodlik bilan suhbatda Sur’at Ikromov jazo muddati uzaytirilgan mahkumlar soni, uning taxminiy hisob-kitobi bo‘yicha, 500-600 nafarga etganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 12 oktabrda prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan amnistiya to‘g‘risidagi qaror loyihasi asosida Amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Unda, jumladan, “taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarni ham jazodan ozod qilish” taklif etilgandi.

Biroq, amnistiya qaroriga muvofiq, "taqiqlangan tashkilotda faoliyat yuritib, uning tarkibida tinchlik va xavfsizlikka yoxud jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etgan, jinoiy guruhlarda o‘ta xavfli jinoyatlarni sodir etgan va o‘ta xavfli retsidivistlar deya tan olingan hamda jazoni o‘tash tartibini doimiy buzib kelgan, shuningdek, amnistiya yoki afv qilish bilan ozodlikka chiqarilgandan keyin ham qasddan jinoyat sodir etganlarga nisbatan mazkur amnistiya akti qo‘llanilmaydi."

Kamida 500-600 mahkum

Sur’at Ikromovning aytishicha, jazo muddati uzaytirilayotgan dindor mahkumlarning aniq raqami ma’lum emas.

- Bularning soni juda ko‘p. Konkret raqam yo‘q. Lekin, mening fikrimcha, kamida 500-600 mahkumga jazo muddati qo‘shib berilayapti. Bu kamida, - dedi Sur’at Ikromov.

Uning ta’kidlashicha, jazo muddati odatda 3 yildan 6 yilgacha uzaytiriladi.

Ikromov aksar hollarda jazo muddati mahkum qonunan ozod bo‘lishi arafasida uzaytirilayotganini aytdi.

Sur’at Ikromov O‘zbekistonda Islom Karimov vafotidan keyin iqtidorga kelgan Shavkat Mirziyoev marhum prezident yuritayotgan siyosatni davom ettirayotganini bildirdi.

Sur’at Ikromov bilan bo‘lgan suhbatni tinglang

Ҳуқуқбон Сурат Икромов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:44 0:00
Бевосита линк

Eski uslub

Ozodlik ham o‘zbekistonlik dindorlar bilan suhbatlar davomida amnistiya asosida ozod etilishi kerak bo‘lgan mahkumlarga jazo muddatlari qo‘shib berilayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik bloger Mirrahmat Mo‘minov amnistiya asosida ozod qilingan yoki jazo muddati uzaytirilayotgan dindorlar ro‘yxatini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib keladi.

Mirrahmat Mo‘minov shaxsan o‘zi jazo muddati uzaytirilgan yuz nafarga yaqin dindor mahkum ro‘yxatini tuzib chiqqanini bildirdi.

- Shaxsan o‘zimning bir nechta qarindoshimga jazo muddati qo‘shib berildi. Bundan tashqari O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bizga yozishadi. "Bizning qarindoshimizga mana shuncha qo‘shib berildi", deb. Aynan mana shu tendentsiya davom etayapti. Ya’ni, Karimov davridagi tendensiya hech o‘zgargani yo‘q, - dedi Mirrahmat Mo‘minov.

Мирраҳмат Мўминов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00
Бевосита линк

Koloniya tartibini buzish

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan o‘zbekistonliklardan biri "sochi koloniya tartibiga mos ravishda olinmagani uchun" yaqinlaridan birining jazo muddati uch yilga uzaytirilganini aytdi.

"2007 yilda 10 yilga qamalgandi. Amnistiya ham chiqdi, srogi ham tugayotgandi. Chiqishiga umid qilib turgandik. Yo‘q, yana qo‘shib berishdi. Sud qilib, koloniya tartibini buzdi, sochi koloniya tartibiga mos ravishda olinmagani uchun, deb uch yil qo‘shib berishdi," dedi u.

Davlat nazorati

Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining so‘nggi yillik hisobotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev prezident etib saylanganidan beri mamlakatda “inson huquqlariga oid o‘ta yomon ko‘rsatkich” ijobiy tomonga o‘zgargani yo‘q.

Yig‘inlar o‘tkazish, so‘z va diniy erkinliklarni keskin cheklash bilanrasmiylar aholi ustidan qattiq nazoratni ushlab turibdi. Minglab odamlar siyosiy vajlarga asoslangan ayblovlar bilan qamoqlarda qolmoqda, qiynoqlar keng tarqalgan, rasmiylar huquqbonlar, muxolifat a’zolari va jurnalistlarni davomli ta’qib etmoqda. O‘z ibodatlarini davlatnning qattiq nazoratidan tashqarida ado etgan musulmonlar va nasroniylar ta’qib etilmoqda,” deya xulosa bildiriladi hisobotda.

O‘zbekiston hukumati xalqaro tashkilotlar chiqargan hisobotlarni hech qachon asosli deya tan olmagan.

2015 yil iyulida Inson huquqlari bo‘yicha BMT qo‘mitasi sessiyasi chog‘ida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi boshqarmasi boshlig‘i Islom Jasimov O‘zbekistonda dindorlar ta’qib etilmasligini aytgandi.

O‘zbekistonda masjidlar davlat nazoratida emas. Aksar o‘zbek musulmonlari an’anaviy islomning sunniy mazhabida davlat nazoratidan holi tarzda erkin ibodat qilmoqda. Hech kim ularni musulmon bo‘lgani yoki davlat nuqtai nazaridan farqli tarzda ibodat qilgani uchun ta’qib qilmayapti va qiynoqqa solmayapti,” deya ta’kidlagandi u.

XS
SM
MD
LG