Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:48

PORTAL: Mirziyoevning prezident bo‘lganidan bexabar hokimlik


Portal bilan bog‘liq hangomalar davom etadi:

Toshkent shahar Mirobod tuman hokimligi Shavkat Mirziyoevning prezident etib saylanganidan hanuz bexabar ko‘rinadi. Ozodlikka yetib kelgan hujjat nusxasida hokimlik Mirziyoevni Bosh vazir sifatida ko‘rsatgan. Balki hujjatni yozgan hokimlik xodimi hujjat yozish shablonini yangilashni unitgandir. Har holda Mirobod tuman hokimi Sh.A. Po‘latov joriy yilning 3 may kuni imzo qo‘ygan hujjatda "Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoevning virtual qabulxonasiga yozilgan arizaga" javob berilgan.

Toshkentning Farg‘ona yo‘li, 2-tor ko‘chasi 87V-uyda yashovchi E.A. Pavlovning portalga yozgan arizasiga javob bergan hokimlik Pavlovning uyiga kanalizatsiya tarmog‘ini ulash muammosiga qo‘shnilarning noroziligini sabab qilib keltirgan. Ushbu muammo qo‘shnilardan ruxsat olgach hal bo‘lishi qayd etilgan.

Muhim eslatma: Prezident Mirziyoev portaliga yo‘llamoqchi bo‘lgan shikoyatingiz nusxasini Ozodlikka ham yo‘llashni unitmang! Arizangiz taqdirini birgalikda kuzatamiz!

XS
SM
MD
LG