Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:47

Tramp maxfiy ma’lumotni rossiyaliklarga oshkor etganini oqlashga urindi


O‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlarining Trampning Rossiya Tashqi ishlar vaziri va elchisi bilan 10 may kuni Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvda oshkor etilgani aytilmoqda.
O‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlarining Trampning Rossiya Tashqi ishlar vaziri va elchisi bilan 10 may kuni Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvda oshkor etilgani aytilmoqda.

16 may kungi ilk tvitlarida AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh matbuotining Rossiya diplomatlari bilan uchrashuvda o‘zining “Islomiy davlat” ekstremistik guruhiga oid o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotini oshkor qilganini bilvosita tasdiqladi:

- Prezident sifatida men Oq uydagi ochiq rejalangan uchrashuvda terrrorizm va aviatsiya xavfsizligiga oid faktlarni Rossiya bilan o‘rtoqlashishni istadim va bunga mutlaq haqliman. Insonparvarlik sabablari¸qolaversa Rossiyaning IShID va terrorchilikka qarshi o‘z kurashini keskin kuchaytirishini istadim¸ deb yozdi 16 may kungi Twitter sahifasida Donald Tramp.

15 may kuni AQShning nufuzli nashrlari prezident Donald Tramp “Islomiy davlat” ekstremistik guruhiga oid o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotini o‘tgan hafta Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuv paytida Rossiya Tashqi ishlar vaziri va Rossiyaning AQShdagi elchisiga oshkor qilgani haqida yozdi.

The Washington Post, Reuters va boshqa agentliklarning bu xabarini Trampning millliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi¸ qolaversa Davlat kotibi darhol “soxta” deya rad qildi.

Ayni paytda¸ Rossiya rasmiylari AQSh matbuoti xabarlarini "borib turgan bema’nilik" deb inkor etishga urindi.

Hozircha Kreml Trampning so‘nggi tvitiga munosabat bildirmadi.

AQSh razvedka xizmatlariga aloqador anonim manbalarga tayangan matbuot xabarlariga ko‘ra¸ Sergey Lavrov va elchi Sergey Kislyak bilan 10 may kungi uchrashuvda oshkor etilgan maxfiy ma’lumotlar IShIDga oid o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha AQSh bilan kelishuvga ega davlat tomonidan berilgan.

Matbuotga gapirgan rasmiylar ta’kidicha¸ bu hamkor davlat AQShga o‘zi taqdim etgan razvedka ma’lumotlarini Rossiya bilan o‘rtoqlashish vakolatini bermagan va Trampning bu ma’lumotlarni Rossiya rasmiylariga taqdim etishi razvedka sohasidagi muhim hamkorlikni tahdid ostida qoldirgan.

"Matndan chekinish”

Lavrov va Kislyak bilan uchrashuv paytida Tramp avvaldan hozirlangan matndan chiqib¸ IShIDning uchqich bortida kompyuterlardan foydalanishga solayotgan tahdidi haqida gapirishga o‘tgan.

O‘zining IShID tahdididan qanchalik yaxshi xabardorligini ko‘rsatib qo‘yish uchun Tramp¸ o‘ziga beriladigan kunlik razvedka xabarlari bilan maqtanishga o‘tgan.

"Prezident va Rossiya Tashqi ishlar vaziri terrorchi guruhlar solayotgan tahdidlar¸ xususan¸ aviatsiya sohasidagi tahdidlar haqida gaplashdi. Bu suhbat davomida biror razvedka manbasi yoki usullari¸ qolaversa jamoatchilikka oshkor etilmagan arbiy amaliyotlar muhokama qilinmadi”¸ deya bu xabarni rad etishga urindi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi McMaster 15 may kuni.

The Washington Post maqolasida ta’kidlanishicha¸ maxfiy ma’lumotni raqib ko‘rilgan davlat rasmiylari bilan o‘rtoqlashish aksariyat uchun taqiqlangan va noqonuniy harakat ekaniga qaramay¸ prezident hukumat sirlarini oshkor qilishga haqli va bunday harakat qonunga zid emas.

"Tashvishli muhit”

Senat Razvedka qo‘mitasidagi eng yuqori maqomli demokrat senator Mark Warner¸ agar matbuot xabarlari to‘g‘ri bo‘lsa¸ bu voqeaning "AQSh razvedka jamoasi yuziga tortilgan tarsaki" bo‘lajagini bildirdi.

"Razvedka manbalari va usullarini boshqalarga berish¸ ayniqsa¸ rossiyaliklarga berish¸ oqlab bo‘lmaydigan harakatdir”¸ deb yozdi Twitter sahifasida Mark Warner.

Yana bir yuqori maqomli demokrat senator Dick Durbin Trampning o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlarini rossiyaliklarga oshkor qilganini “xavfli” va “o‘yllovsiz” harakat deya baholadi.

Senat qoshidagi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi¸ respublikachi Bob Corker, bu xabarlarni “tashvishli” deb atadi va Tram ma’muriyatini o‘z ishini nazorat va tartibga solishga chaqirdi.

"Bu voqeadagi uyatli jihat shundaki¸ Oq uyda haqiqatan yaxshi milliy xavfsizlik guruhi bor va ular samarali ishlar ustida ishlamoqda. Ammo tartib yo‘qligi tufayli paydo bo‘lgan xaos juda tashvishli muhit yaratgan”¸ dedi respublikachi senator.

XS
SM
MD
LG