Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:42

Xitoy tashabbusi amalga oshsa¸ uning Markaziy Osiyoga ta’siri qanday bo‘ladi?


Xitoy prezidenti o‘z tashabbusini taqdim qilmoqda.

Xitoy hukumati prezident Si Jinping tashabbuskori bo‘lgan “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi asosida “Ipak Yo‘li” savdo marshrutini tiklashga oid ulkan rejasini Pekin anjumaniga tashrif buyurgan 20 dan oshiq davlat va hukumat rahbari oldida namoyish qildi.

2013 yilda boshlangan ushbu loyiha rasmiy Pekinning o‘z global iqtisodiy va siyosiy ta’sirini avtomobil va dengiz yo‘llari orqali Yevropa, Afrika va Osiyoga yoyish taklifi sifatida ko‘riladi.

Xitoy ko‘z-ko‘z qilayotgan ulkan loyiha 60 dan ortiq mamlakatni o‘z ichiga oladi hamda tinchlik va savdo-sotiqni liberallashtirishni jadallashtiruvchi vosita sifatida jahonning uchdan ikki aholisi va global yalpi ichki mahsulotning uchdan birini qamrab olishi mumkin.

- Ushbu tashabbusning qanchalik maqsadga muvofiqligi mavhumligicha qolmoqda, deydi Bryusselda joylashgan Rossiya, Yevropa va Osiyo tadqiqotlari markazi eksperti Tereza Fallon.

Fallon Ozodlik muxbiri Karl Shrek bilan ushbu savdo tashabbusining potentsial jug‘rofiy-siyosiy va iqtisodiy ta’siri va Xitoy bu borada amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlar xususida so‘zlashdi.

Ozodlik: Rejalashtirilayotgan ulkan investitsiyalar va keng qamrovli jug‘rofiyani hisobga olsak, sizningcha, “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi qanchalik hayotiy?

Xitoyshunos Tereza Fallon
Xitoyshunos Tereza Fallon

Tereza Fallon: Hatto xitoyliklar ham ushbu tashabbusni bir xil baholayotgani yo‘q, ba’zilari uni shuhratparastlik deb atamoqda... “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi loyihasi yoki qayta nomlanishi bo‘yicha “Kamar va Yo‘l” tashabbusi keng qamrovlidir. Eski, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar g‘oya sifatida bir yerga jamlanmoqda. Bu ular muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kafolatidir.

Masalan, Qozog‘istonda Rossiyaning “Transneft” kompaniyasi monopoliyasidan tashqarida birinchi neft quvuri qurilishi qanday amalga oshirilganini olib ko‘raylik. Uni qurishga 1997 yili kelishilgan edi va bu ish amalga oshdi. Quvur uch bosqichda qurildi va Qozog‘istondan Xitoyga tortildi. Bu ish “Kamar va Yo‘l” tashabbusining bir qismi deb hisoblanmoqda. Vaholanki, u tashabbus boshlanmasidan, taxminan, o‘n yil oldin amalga oshirilgan edi. Shu tariqa eski va yangi loyihalar “Kamar va Yo‘l” tashabbusiga birlashtirilmoqda va bu ijobiy g‘oya bo‘lib xizmat qiladi.

Ozodlik: Tashabbus Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Tereza Fallon: Markaziy Osiyoda Xitoy qiziqayotgan masalalar, masalan, O‘zbekistondagi uran va tabiiy gaz qazib olish sohalariga oid xavotirlar mavjud. Turkman tabiiy gaz quvuri qurib bitkazildi. Ushbu yirik loyihalar amalga oshirilib bo‘ldi.

Ruslar xususiy suhbatlar chog‘ida "Ipak Yo‘li" tashabbusidan xavotirda ekanini aytadi, ammo boshqalar ko‘z oldida sir boy bermaydi.

Temiryo‘ldagi o‘rtacha tezlik o‘ta past bo‘lgani uchun uni sozlash va bu borada aloqa o‘rnatish mintaqa uchun juda foydalidir,... Xitoyning ushbu sohaga investitsiya kiritishi turli iqtisodiyotlarni o‘zaro bog‘lash nuqtai nazaridan samarali bo‘lishi mumkin. Ba’zilar poezdlar faqat Markaziy Osiyo orqali o‘tib, tovarlarni Yevropaga tashishi, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga aytarli foyda keltirmasligidan xavotirda.

Ammo joylarda amalga oshirilayotgan ayrim loyihalar foyda keltirishi, kiritilayotgan ba’zi sarmoyalar esa kutilgan foydani bermasligi mumkin. Nazarimda, yirik loyihalarni amalga oshirish sustlashib qolayotganga o‘xshaydi.

XS
SM
MD
LG