Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:55

Mosgorsud Shohista Karimova shikoyat arizasini qondirmadi


Moskva shahar sudi Peterburgdagi portlashda ishtirok etganlikda ayblanayotgan chustlik Shohista Karimovaning shikoyatini rad etdi va uni hibsda qoldirdi. Sud jarayonida o‘zbekistonlik muhojir ayol jinoyatga aloqasi yo‘qligi va uni “podstavka” qilishganini bildirdi.

Mosgorsud O‘zbekiston vatandoshi 45 yoshli Shohista Karimovani hibsda qoldirdi.

Moskva shahar sudi rasmiy vakilasi Yuliya Samoxvalova Ozodlikka hakamlar shu tariqa himoyachilar Karimovaning hibsga olinishi ustidan qilgan shikoyatini qondirmaganini ma’lum qildi.

- Bugun, 17 may kuni, soat 12:15da mahkama bo‘lib o‘tdi. Qarorga ko‘ra, hammasi o‘zgarishsiz qoldirildi. U hibsga olinishi ustidan shikoyat qilgandi, dedi Moskva shahar sudi vakilasi.

Yuliya Samoxvalova sud jarayonida ayblanuvchi ayolning himoyachisi Muso Abdulvahobov uning qo‘lga olinishi soxtalashtirilgani, operativ xodimlar undan go‘yoki topilgan bomba zapalini sochlariga surtgani, moslama simlarini esa uning qo‘ltiqlariga surtishga majbur qilishgani va shu tariqa “biologik izlar qoldirilgani”ni sud hakamiga yana bir bor ma’lum qildi.

Sud matbuot xizmatiga ko‘ra, so‘z olgan Shohista Karimova ham yig‘lagan holda suddan uni qo‘yib yuborishni so‘ragan, o‘zining begunohligi va “podstavka” qilinganini aytgan. Muhojir ayol Peterburgdagi portlashni uyushtirganlikda ayblanayotgan Jalilovni hech qachon tanimagani, u shunchaki “Lesnoe” kafesida bir necha oydan beri idish yuvuvchi bo‘lib ishlab kelganini aytdi.

Idish yuvuvchi Shohista Karimova terrorchilikda ayblanmoqda
Idish yuvuvchi Shohista Karimova terrorchilikda ayblanmoqda

Shuningdek, sudda chustlik bu ayol ajrashgani, uchta farzandni bir o‘zi boqayotgani, ulardan biri norasida ekanini ma’lum qilgani aniqlangan.

Sud davomida unga o‘zbek tili tarjimoni berilgani ham ma’lum bo‘ldi.

Rossiya Tergov Qo‘mitasi tergovchisi Andrey Jigulin Karimovani narsalarida qilingan tintuv natijasida F1 granatasi, ikkita detonator, zapal va mikrosxema topilganini aytgan.

Sud advokat Muso Abdulvahobovning Shohistada surunkali buyrak kasalligi borligini ma’lum qilganiga qaramasdan, ayblovchilar tarafini oldi va uni hibsda qoldirdi.

- Himoyachilar shikoyati rad etilsin, birinchi instansiya sudi qarori qonuniy va asosli deb tan olinsin, dedi sudьya.

Oldinroq, 7 aprel kuni, Moskvaning Basmanniy tuman sudi Shohista Karimovani ikki oyga – 3 iyungacha qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. 6 aprel kuni o‘zbekistonlik ayol va o‘ bilan birga kafeda ishlagan tojikistonlik oshpaz Sodiq Ortiqov terrorchilarga ko‘maklashganlikda gumonlanib FSB maxsus amaliyoti davomida Odinsovo tumanida hibsga olingandi.

Bugunga kelib, Peterburgning “Sennaya ploshchad”-“Texnologicheskiy institut” metro bekatlari oralig‘ida 3 aprel kuni sodir bo‘lgan portlash yuzasidan 12 kishi hibs etilgani, ulardan olti nafariga “terrorchilik akti” va “portlovchi moddalarni noqonuniy tarzda saqlash va tashish” asosida jinoiy ayblov e’lon qilingani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Peterburgda 3 aprel kuni yuz bergan portlashda 16 kishi, jumladan xudkush hujumchi ekani aytilgan asli o‘shlik Akbarjon Djalilov halok bo‘lgandi, 102 kishi turli jarohat olgandi.

XS
SM
MD
LG