Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:18

Yaponiya o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga olib ketish jaraënini boshladi


Asosan o‘z sohasiga aloqasi yo‘q ishlarga majburlanib kelayotgan o‘zbek hamshiralari uchun¸ yapon tilini o‘rganib¸ kunchiqar yurtga borib ishlash imkoni ochilmoqda.
Asosan o‘z sohasiga aloqasi yo‘q ishlarga majburlanib kelayotgan o‘zbek hamshiralari uchun¸ yapon tilini o‘rganib¸ kunchiqar yurtga borib ishlash imkoni ochilmoqda.

Dunyoda eng uzoq yashovchi millat - yaponlarning ijtimoiy ta’minot sohasi korporatsiyalari O‘zbekiston Mehnat vazirligi bilan hamshiralarni Yaponiyaga ishga olib ketish masalasini muhokama qildi. Bu so‘zlashuvlar ortidan yil davomida 1000 ga yaqin o‘zbek hamshirasining Yaponiyaga ishga ketishi kutilmoqda.

Kunchiqardan taklif

17 may kuni O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Toshkentga kelgan Yaponiya ijtimoiy ta’minot korporatsiyalari vakillari bilan uchrashdi.

Yaponiyadagi kasalxonalar¸ qariyalar uylari¸ sanatoriylarda asosan keksalarga xizmat ko‘rsatuvchi bu korporatsiya vakillari O‘zbekistondan Yaponiyaga hamshiralar¸ aniqrog‘i¸ qariyalarga boquvchilik qiladiganlarni ishga olib ketish masalasini muhokama qilgan.

Yapon delegatsiyasiga ko‘ra¸ ayni kunlarda Yaponiya ijtimoiy ta’minot sohasida 500 ming hamshira-boquvchiga ehtiyoj bor¸ 2025 yilga borib¸ bu raqamning bir millionga yetishi kutilmoqda. Yaponlar dunyoda eng uzoq yashovchi xalq. Ayni paytda¸ ularda tug‘ilish keskin kamayib borayotgani ortidan qariyalarga qaraydiganlar yetishmovchiligi ham kuchaymoqda. Ana shu taqchillikni qoplash uchun yapon korporatsiyalari o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga yollash dasturini yo‘lga qo‘ymoqchi”¸ dedi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Mehnat vazirligining mazkur so‘zlashuvga aloqador rasmiysi.

Bu rasmiyga ko‘ra¸ 14 may kuni O‘zbekiston Tashqi migratsiya agentligi rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan yapon delegatsiyasi ijtimoiy ta’minot sohasidagi o‘zaro hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallanganini ta’kidlagan.

“Ishga olinuvchilarga qo‘yiladigan yosh¸ malaka va boshqa talablar hozirda muhokama qilinmoqda. Bir korporatsiyaning talabi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Tanlovda tibbiy ta’lim olgan-olmagani uncha muhim emas. Yaponlar bir necha oylik tibbiy yordam ko‘rsatish kurslari yetarli¸ deyapti. Asosiy talab¸ yapon tilini 4-darajada bilishdir”¸ dedi suhbatdosh.

4-darajasi bu pastdan ikkinchi¸ ya’ni salom-alikdan boshqa gapni ham tushunish darajasi ekan. Yaponlar¸ hozirning o‘zida¸ yapon tilini bilsa¸ 35 nafar hamshirani olib ketishga tayyorligini bildirdi. Iyul oyida Yaponiya bo‘ylab barcha shirkat va korporatsiyalar qancha ishchiga ehtiyoji borligi haqidagi raqamlarni e’lon qiladi¸ shundan so‘ng¸ tegishli tizimlar xorij davlatlariga kvota belgilaydi. Tashqi migratsiya agentligi yaponlarning O‘zbekistonga qancha kvota ajratganiga qarab¸tanlov e’lon qiladi. Bu tanlovdan o‘tganlarning noyabrda Yaponiyaga ketishi kutilmoqda”¸ dedi Mehnat vazirligi rasmiysi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ yapon delegatsiyasining Toshkent so‘zlashuvlari davomida O‘zbekistondagi ayrim Tibbiët kollejlarida yapon tili darslarini joriy etish taklifi ham muhokama qilingan.

“Yaponiyada o‘zbeklar reputatsiyasi hozircha yaxshi”

Yillardan beri Yaponiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklardan biri Ozodlik bilan suhbatda dunyoning aksar davlatlaridan farqli¸ hozircha Yaponiyada o‘zbekistonlik muhojirlarning reputatsiyasi yaxshi ekanini aytadi:

- Yaponiyada nolegal qolib ishlash deyarli imkonsiz. Til bilmasangiz¸ hech kim sizga ish bermaydi. Shuning uchun bu yerga kelgan o‘zbekistonliklar qonuniy maqomga ega¸ yaponchani yaxshi biladi. Muhimi¸ ular mehnatdan qochmaydigan migrant sifatida ko‘riladi. O‘zbekistonliklar, asosan, student vizasi bilan kelib¸ yaponchani o‘rganib¸ ish topib qolib ketishmoqda. Kunduzlari o‘qishadi¸ tunlari ishlashadi. Balki bu yerga ham o‘zbek fohishalari kelayotgandir¸ lekin hali Ruminiya¸ Rossiya va Xitoydan kelayotganlar darajasida ko‘p emas¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Yaponiyada ishlayotgan o‘zbeklardan biri.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ Yaponiya yillardan beri Indoneziya¸ Bangladesh kabi Osiyo davlatlaridan qariyalarga qarovchi hamshiralarni yollab kelmoqda va endilikda bu davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham qo‘shilgan:

- Yaponlarda hayot darajasi¸ sog‘liqni saqlash tizimi darajasi¸ qolaversa¸ o‘zaro munosabat madaniyati nihoyatda baland. Shuning uchun o‘zbekistonlik hamshiralarning til o‘rganish barobarida yaponlar madaniyati¸ mentaliteti¸ ozgina ular tarixini bilishi juda muhim¸ deydi bu suhbatdosh

Faqat hamshiralar emas¸ boshqalarga ham ish taklif qilinadi

O‘zbekiston Mehnat vazirligining Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatlashgan rasmiysi¸ Tashqi migratsiya agentligi orqali o‘zbekistonliklarni Yaponiyaga ishga yuborish faqat ijtimoiy ta’minot sohasi bilan cheklanmasligini bildirdi.

“Bugun kelganlar ijtimoiy ta’minot korporatsiyalari. Kelajakda yana boshqalari keladi. Yaponiyada hozirning o‘zida 10 million ishchi kuchi yetishmovchiligi bor va bu raqam faqat o‘sib boradi. Shuning uchun O‘zbekistondan boshqa sohalarga ishga ketuvchilar uchun ham rasmiy kanallar ochiladi”¸ dedi bu mulozim.

Suhbatdosh ta’kidicha¸ yillar bo‘yi uzoq va yaqin xorijga ketib ishlayotgan millionlab o‘zbekistonlik borligi¸ ular bilan bog‘liq jiddiy huquqiy-ijtimoiy muammolar to‘planib qolganini tan olishni istamagan rasmiy Toshkent¸ hokimiyat o‘zgarishi ortidan tashqi migratsiyani ochiq e’tirof qilish barobarida¸ uni to‘g‘ri o‘zanga solishga harakat qilmoqda.

"Rossiya¸ Koreya barobarida mana endi Yaponiyaga¸ qolaversa¸ Turkiya¸ Ummon sultonligi kabi boshqa davlatlarga ham qonuniy ishga ketish imkonlari paydo bo‘ldi"¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan Mehnat vazirligi rasmiysi.

XS
SM
MD
LG