Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:09

Beeline radiochastotalar qayta taqsimlanishidan xavotirda


17 may kuni Toshkentdagi Xalqaro press-klubda o‘tgan matbuot anjumanidan lavha.
17 may kuni Toshkentdagi Xalqaro press-klubda o‘tgan matbuot anjumanidan lavha.

O‘zbekistonda radiochastotalarning qayta taqsimlanishi mahalliy operatorlar xizmat sifatiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Toshkentdagi Xalqaro press-klubda chorshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida bu xavotir Beeline vakili tilidan yangradi.

17 may kuni Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda Unitel (Beeline), Coscom (Ucell), Uzmobile va Universal Mobile Systems (UMS) kabi mobil operatorlari vakillari Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining radiochastotalar polosalarini qayta taqsimlash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan izoh berishdi.

Kengashning 31 mart kuni chiqarilgan qaroriga muvofiq, 900/1800 MGts diapazondagi radiochastota polosalarini GSM standartida ishlaydigan to‘rtta mobil operatori o‘rtasida teng taqsimlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovga ko‘ra, bu chora-tadbir mobil aloqa sohasida raqobat muhitini kengaytirish va takomillashtirishga hamda operatorlarga, jumladan, LTE (4G) standarti xizmatlarini ko‘rsatishda teng imkoniyatlar taqdim etishga qaratilgan.

“LTE qamrovi O‘zbekiston aholi punktlarida 1 foizdan ham kamroqni tashkil qilayotgan bo‘lsa nima qilish kerak? Raqobat muhitini takomillashtirish kerak. Sodda qilib aytganda, katta bir yo‘l bor, sizning uchinchi avlodga oid kichik yuk mashinangiz bor, ammo kimdir yo‘lning muayyan qismini egallab ketayapti. Sizning ortingizdan to‘rtinchi avlov operatorlari ketayapti, biroq siz ularga yo‘l bermayapsiz. Agar barcha yo‘llar ochib tashlansa, yuk mashinasi yaxshi bo‘lganlarning hammasi o‘tib ketishi mumkin”, dedi vazir Shermatov kechagi anjumanda.

Beeline shirkati tashqi aloqa va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori va Buzton qo‘shma korxonasi bosh direktori O‘raz Abdurazaqov Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi qarori yuzasidan tashvish bildirdi. U tamsil etgan shirkat fikricha, mazkur qaror xizmat sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Biz eng ko‘p chastotaga ega bo‘lganimiz uchun spektr bizdan olinib, boshqa uch shirkat foydasiga taqsimlanayapti. Shirkat ichidagi mutaxassislarimiz orasida ham, shtab-kvartirada ham qator savollar paydo bo‘ldi. Bu savollar 9,5 million mijozimizning “bu vaziyat sifat va xizmat ko‘rsatish darajasida aks etmasaydi” degan qayg‘usiga asoslangan”, dedi Beeline vakili Abdurazaqov.

Shirkat vakillariga ko‘ra, kengashning bu qarori Beeline faoliyatiga kamida 50 million dollar zarar yetkazadi va u shirkatning o‘tgan yil o‘zbek rasmiylari bilan 2031 yilga qadar imzolagan kelishuvi bandlarini buzishdir.

Shu iddao bilan Beeline Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi ustidan Toshkent shahar Xo‘jalik sudiga shikoyat qilgan va bu shikoyatni ko‘rib chiqish, Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 23 may kunga belgilangan.

Kengash qarorini muhokama qilish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ishchi guruh tuzilgan. Guruhning vazir o‘rinbosari Umidjon A’lamov boshchiligidagi ilk majlisi 16 may kuni o‘tkazilgan, keyingisi bugun (18 may) o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Bu guruh doirasida biz yo‘l xaritasini – bu ish qanday amalga oshishini muhokama qilamiz. Bu viloyatdan viloyatga geografik o‘tish bo‘ladi, degan mulohaza bor. Vaqt yetmay qolishi mumkin, biroq regulyator muddat bo‘yicha murosai madoraga tayyor ekanini bildirmoqda. Ertaga yig‘ilamiz va to‘rt operatorning hammasi o‘z takliflarini taqdim etishadi”, dedi u.

Anjumanda ishtirok etgan Ucell vakilasi Kamola Ikromova Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining qarori tarmoqni har bir xonadon, har bir oilaga yetkazish bo‘yicha operatorlar uchun “yangi imkoniyatlar” yaratadi, degan fikrda.

Universal Mobile Systems bosh direktori Sirojiddin Faxrutdinov esa o‘z shirkatining radiochastotalar qayta taqsimlanishiga texnik jihatdan tayyorligini bildirgan.

Uzmobile direktori Vladimir Kravchenko ham kengash qarori mobil aloqa sohasida raqobat uchun kuchli turtki berishini urg‘ulagan.

“Albatta bu ayrim shirkatlar uchun salbiy ta’sir qilishi mumkin, biroq bu chora-tadbirlar raqobatni kuchaytirish, mobil aloqa sohasini rivojlantirishga qaratilganini to‘g‘ri tushunish kerak”, degan Kravchenko.

XS
SM
MD
LG