Линклар

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan chiqib, uni "jinoyatchi", "savodsiz" va "omadsiz biznesmen", deb atadi.

Usmonovning Navalniyni sudga berishiga bag‘ishlangan videorolikni asli o‘zbekistonlik biznesmen "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi.

Oldinroq Navalniy maxsus videodastur tayyorlab, unda Usmonovni korrupsiyada ayblagandi.

O‘z videomurojaatida Usmonov muxolifatchidan kechirim so‘rashni talab qiladi va pora bermaganini ta’kidlaydi.

Navalniy va u asos solgan "Korrupsiyaga qarshi fond" (FBK) ustidan Alisher Usmonov arizasi asosidagi sud 30 mayda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deya xabar beradi RNS agentligi sudьya qaroriga asoslanib.

FBK tayyorlagan lavhada, jumladan, Usmonov Medvedevga aloqador "Sotsgosproekt" fondiga Moskvaning eng qimmat - Rublevskiy shossesida qiymati 5 milliard rublga teng yer va uy hadya qilgani ta’kidlanadi.

Fond lavhasida ta’kidlanishicha, "Sotsproekt" nazorat kengashining raisi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning kursdoshi Ilya Yeliseevdir.

Ammo Alisher Usmonov bu ko‘chmas mulkni fondga mulkka qiymati barobar bitim asosida berganini aytadi.

Navalniy boshqargan FBK esa ularning ixtiyorida pora berishga oid faktlar mavjudligi va bu faktlarni sudga taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

XS
SM
MD
LG