Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:25

Dayjest: O‘zbekistonda yana bitiruv kechalari taqiqlanmoqda


Xalq ta’limi vaziri o‘z buyrug‘i bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini xonadon, restoran va kafelarda o‘tkazishni qat’iyan taqiqladi. Toshkent viloyatida shifokorlar e’tiborsizligi bois jurnalist ayolning homilasi nobud bo‘ldi. Matbuot “soxta nogiron” tilanchilarni nishonga oldi.

_______________________________________________________________

Xalq ta’limi vaziri “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni restoranda o‘tkazishni man etdi

O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini xonadonlar, restoran va kafelarda o‘tkazish qat’iyan taqiqlandi (“XXI asr”, 18 may). Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 28 apreldagi buyrug‘ida ana shu talab ilgari surilgan. Mirobod tumani prokuraturasi vakili Zarifa Mavlonovaga ko‘ra, barcha umumta’lim maktablari rahbarlari bu borada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika nozirlari o‘z hududidagi kafe va restoranlarga bitiruv kechalarini o‘tkazmaslik borasida ogohlantirib chiqqan. “Hamkorlikdagi faoliyatimiz samarasi o‘laroq, o‘tgan 2015-2016 o‘quv yilida ham hududimizda o‘quvchilarning dabdabali bazmlar o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmadi” deydi prokuratura vakili Z.Mavlonova. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, ota-onalardan pul yig‘ish, tamagirlik va ortiqcha hoyu havaslar ham man etilgan.

Shifokorlar e’tiborsizligi sabab jurnalist ayol homilasidan ayrildi

Toshkent viloyati “Olmaliq haqiqati” gazetasida faoliyat yurituvchi jurnalist Lobar Jalilovaning homilasi shifokorlarning e’tiborsizligi bois nobud bo‘ldi (“Hurriyat”, 17 may). Uchinchi farzandiga homilador bo‘lgan ayol Olmaliqdagi oilaviy poliklinikada yuragini kardiogramma qildirgan va shifokorlar unga hammasi joyida ekanini aytgan. Afsuski, oradan uch kun o‘tib u o‘zini yomon his qila boshlagan, ammo unga yordam ko‘rsatish paysalga solingan. Jurnalist ayolning yozishicha, davlat poliklinikasida UZI uskunasi bo‘lishiga qaramay, uni pulli xizmat ko‘rsatuvchi xususiy klinikaga yuborishgan. Keyin esa u shifokorlar yozib bergan dorini qidirib Olmaliqdan Toshkentga borib kelishga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat u 16 haftalik homilasidan ayrilgan. “Olmaliq shahridagi shifokorlarga nima bo‘lyapti o‘zi? Ular qachon xalqni rozi qilish, bemorlarga vijdonan xizmat ko‘rsatishni o‘rganishadi? Ularga shunday ishlash uchun nima xalal beryapti – mas’uliyatsizlikmi, o‘zibo‘larchilikmi yoki insofsizlik?!” deb yozadi boshiga musibat tushgan jurnalist ayol L.Jalilova.

Ishlashga qodir bo‘laturib tilanchilik qilayotganlar tanqid ostida

Toshkent ko‘chalarida o‘zini tug‘ma nogiron yoki ko‘zi ojiz qilib ko‘rsatayotgan, aslida esa yetti muchasi sog‘ kimsalar tilanchilik qilayotgani uchramoqda (“Jamiyat”, 12 may). Qayd etilishicha, dunyoning ayrim mamlakatlarida tilanchilik uchun jarima solinadi, hatto jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, ammo o‘zbek xalqi bag‘rikeng va saxovatli. “Ishlash, halol mehnat qilish uchun barcha sharoitlar muhayyo bo‘lgan hozirgi zamonda kishi bu darajada muhtojlikka tushib qolishi mumkin emas... Ko‘cha-ko‘yda juldur kiyim yoki bechorahol ko‘rinishda yo‘limizni to‘sib chiqayotganlar jamiyatning ko‘rkiga dog‘ solayotgan qanoatsiz kimsalardir”, deb yozadi gazeta.

XS
SM
MD
LG