Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:57

Andijonda eng yirik “obnalchi”lardan biri qo‘lga olindi


Andijon viloyati Asaka tumanida oyliklari plastik kartaga o‘tkaziladiganlarning pul mablag‘larini 18 foiz “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib berish bilan shug‘ullangan yirik “obnalchi”lardan biri qo‘lga olindi. Asaka tuman prokuraturasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, o‘tgan haftada qo‘lga olingan shaxs andijonliklar orasida tanilgan, oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ining egasi bo‘lgan tadbirkordir.

Ismi Ozodlikka ma’lum tadbirkorning Asaka tumanida "xo‘jako‘rsinga oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari ochib, aslida plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib berish tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan"i iddao qilinmoqda.

Tadbirkorning oziq-ovqat do‘konlaridan biri tekshirilganida. u yerda boshqa firmalarga tegishli bo‘lgan 4 ta to‘lov terminali hamda 110 million so‘m miqddorida naqd pul topilib, musodara etilgan.

“Bu terminallardan plastik kartalardan pul yechib olish va naqdlashtirish noqonuniy amallari bajarilgan degan taxmin bor. Hozir bu tekshirilmoqda”, - dedi prokuraturadagi manba.

"Obnalchilik" - keng tarqalgan "hunar"

Oyliklari plastik kartaga o‘tkazilgan o‘zbekistonliklar bankomatlarda pul yo‘qligi bois, pulini maxsus tujjorlarga haq berib, naqdga aylantirmoqda.

Tujjorlar esa o‘z xizmati uchun plastik kartadan chiqarib olingan umumiy summaning 15-20 foizi miqdorida “haq” oladi.

Andijonlik tadbikor Bunyodbek naqd pul yo‘qligi sabab noqonuniy “obnalichka” faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar mamlakat bo‘ylab qo‘ziqorinday ko‘payganini aytadi.

- Naqd pul yo‘qligi va oylik-pensiyalar faqat plastikka o‘tkazib berilayotgani sababli noqonuniy obnalchilik bilan shug‘ullanuvchilar ko‘paydi. Nafaqaxo‘r plastik kartasidan 100 ming so‘m chiqarib olish uchun obnalchilarga boradi. Obnalchi terminali orqali kartasidan 120 ming yechib oladi, qo‘liga esa 100 ming naqd beradi. Chunki, uning boshqa chorasi yo‘q. Plastikka kerakli narsasini bozordan sotib ololmaydi. Kuniga millionlab pul obnalchilarning qo‘lida aylanyapti. Bu noqonuniy faoliyat oylik va nafaqalar naqd beriladigan bo‘lsagina yo‘qoladi, - deydi Bunyodbek.

O‘zbekistonda naqd pul taqchilligi yil sayin kuchaymoqda – davlat g‘aznasidan oylik¸ pensiya¸ bolalar va nogironlik nafaqalari oladiganlar ular xohlamasalar ham pullari yuz foiz plastik kartochkasiga tushirib berilyapti.

Lekin, oylik va nafaqalari plastik kartalariga tushirilganlar bozorga borib yegulik harid qilolmaydi.

Ko‘p joyda naqd pul so‘raydi

Plastik kartaga sotilayotgan mollarga naqd pulda sotilganidan ko‘proq narx qo‘yilgani bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov respublikadagi barcha rahbarlarga plastik kartaga sotaëtganda qimmat narx belgilash kabi holatlarga barham berishni talab qilgandi.

Ozodlik tasarrufida nusxasi mavjud bo‘lgan bu telegrammada “Plastik kartani to‘lov uchun qabul qilishdan bosh tortgan” xodimlar va “Plastik karta orqali hisob-kitob qilishda naqd pulga nisbatan 20-25 foizga qimmat haq talab qilayotgan” shaxslar jazolanishi aytiladi.

Telegrammada plastik karta “obnali” bilan shug‘ullanaëtgan va plastik kartaga sotiladigan molga qimmat narx qo‘ygan xo‘jalik sub’ektlari tekshirilib “prokuratura idoralariga taqdim qilinishi” talab qilinadi.
Telegrammada plastik karta “obnali” bilan shug‘ullanaëtgan va plastik kartaga sotiladigan molga qimmat narx qo‘ygan xo‘jalik sub’ektlari tekshirilib “prokuratura idoralariga taqdim qilinishi” talab qilinadi.

Hukumat bozorlardagi savdogarlardan ham terminallar o‘rnatish va plastik kartalarga ham savdo qilishni talab qilgan.

Ammo shunga qaramasdan respublikadagi ulgurji bozorlar faqat naqd pul bilan savdo qilishda davom etayotgani kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG