Линклар

19 mayga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan “Habib” bozori yonib ketdi.

Bu haqda Ozodlikka denovlik mobil muxbirlarimiz xabar qildi, yong‘in paytida olingan suratlarni jo‘natdi.

Voqea to‘g‘risidagi xabarlarni Denov Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi Shokir Meliboev tasdiqlagani to‘g‘risida mahalliy nashrlar xabar qildi.

"Xabib" bozori yonmoqda. (Ozodlikning mobil muxbiri jo‘natgan surat)
"Xabib" bozori yonmoqda. (Ozodlikning mobil muxbiri jo‘natgan surat)

Kiyim-kechaklar sotiladigan ushbu bozorda yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Bozor butkul yaroqsiz holatga kelgan.

Ozodlikning Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyat boshqarmasidagi manbasiga ko‘ra, bozorda chiqqan yong‘in 19 may kuni ertalab o‘chirilgan. Uning aytishicha, yong‘indan jabrlanganlar yo‘q.

Aytilishicha, yong‘in chiqqan bozor 1,5 gektar maydonda joylashgan va hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Vaziyatni o‘rganish uchun Termiz shahri va qo‘shni Qashqadaryo viloyatidan mutaxassislar jalb etilgan.

XS
SM
MD
LG