Линклар

19 декабр 2017, Тошкент вақти: 01:17

Turkman politsiyasi transgender ayolni sharmanda qilayotgan video internetga chiqdi “Erkak kishi bo‘la turib, tanangni pulga sotyapsanmi? – degan ovoz eshitildi kadr ortidan. – Men bilan yotasanmi? Senga 20 manat (6 dollar) beraman, – deb so‘radi o‘sha ovoz. O‘zini Turkmaniston politsiyasi deb iddao qilayotgan so‘roq qiluvchilarga “yo‘q” degan javoblar yetarli bo‘lmaydi. Politsiya transgenderligi gumon qilinayotgan ayolning olatiga tepish va tilini burro qilib qo‘yadigan joyga olib borish bilan tahdid qiladi.

Uning qaysi jinsga mansubligini aniqlashni o‘z ichiga olgan beboshlik va sharmanda qilishning boshqa ko‘rinishlari 16 may kuni Yevropada joylashgan Habartm.org vebsaytining sanasi noma’lum 90 soniyalik videosida aks etdi.

Turkman hokimiyat idoralari tanqid qilinadigan materiallarni turkman, rus cha ingliz tillarida doimiy tarzda chop qiladigan mustaqil vebsaytning iddao qilishicha, transgender ayolni to‘rt nafar erkak politsiyachi Ashxoboddagi politsiya mahkamalaridan birida so‘roq qilgan.

Tasvirga tushmagan so‘roq qiluvchilarning titrlari ruscha va inglizcha berilgan videoda savollar bergani va kulgani eshitiladi. Uzun ko‘k kiyim kiyib, yaltiroq taqinchoqlar taqib va boshiga ro‘mol o‘rab olgan ayolning yuzidan ham xafa bo‘layotgani, ham qo‘rqayotgani ko‘rinib turibdi.

So‘roqning bir o‘rnida ayolga jinsini isbotlash uchun jinsiy a’zosini ko‘rsatish buyuriladi.

“Yaxshisi, uning yechintirib ko‘rish kerak”, – deydi kadr ortidagi ovoz.

Ekran qorayib, video yo‘qoladi va o‘sha ayolga ishtonini yechish buyurilayotgan sahna paydo bo‘ladi.

U bo‘ysunadi, ammo unga ko‘ylagini ko‘tarish va turgan joyida aylanib, egilishni buyruq beriladi.

“U *@##" dagi *@%* ekan”, –deydi bir so‘roq qiluvchi, boshqasi esa “Hammasi tushunarli”, deb uning gapiga qo‘shiladi va yozuv tugaydi.

“Ozodlik” radiosi videoning haqiqiyligini mustaqil ravishda tasdiqlay olmaydi. Habartm.org vebsayti mutasaddilarining aytishicha, u e’lon qilish uchun “yuborilgan”, boshqa hech qanday tafsilot berilmagan.

Dunyoning eng shafqatsiz davlatlaridan biri, inson huquqlari ayanchli ahvolda ekani bilan nom qozongan Turkmaniston uzoq vaqtdan beri noan’anaviy jins vakillariga zulm qilayotgani uchun tanqid qilinib keladi.

Turkmanistonning jinoyat qonunlariga ko‘ra, gomoseksualizm erkaklarning o‘zaro jinsiy aloqasi deb hisoblanadi va ikki yilgacha qamoq bilan jazolanishi mumkin.

Human Rights Watch tashkilotiga ko‘ra, “keng tarqalgan taassub besoqolbozlikni Turkmanistondagi ham tibbiyot muassasalari, ham sud hokimiyati kasallik deb qarashga sabab bo‘lmoqda”.

Turkmaniston hukumati BMT Inson huquqlari idorasining besoqolbozlikni jinoyat deb hisoblamaslik to‘g‘risidagi da’vatlarini rad etib keladi va bunday qilish turkman madaniyatiga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG