Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 10:05

General Abdulrashid Do‘stim Turkiyaga ketgan


Afg‘onistonning mojarokash vitse-prezidenti mamlakatni tark etib, Turkiya sari yo‘l oldi, deb xabar beradi afg‘on rasmiylari. Do‘stimning OAV bo‘yicha maslahatchisi Yasin Xamoshning 19 may kuni kechqurun “Ozodlik”ka bildirishicha, Do‘stim Turkiyaga davolanish maqsadida jo‘nab ketdi.

Keyinchalik Afg‘oniston parlamenti a’zosi va Do‘stimning “Junbish” partiyasi voizi Bashid Ahmad Tayanjning “Oyna TV”ga aytishicha, Do‘stim uchoqda Turkiyaga jo‘nab ketdi, ammo davolangandan so‘ng qaytib keladi.

Do‘stimning salomatligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Do‘stimning Afg‘onistondan qochib ketgani to‘g‘risidagi xabarlar yaqin kishilari o‘tgan yili uning siyosiy raqibini o‘g‘irlab ketgani va unga nisbatan zo‘rlik ishlatgani bilan bog‘liq hal etilmayotgan ayblovlar ortidan paydo bo‘lmoqda.

Do‘stimni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tergov o‘tkazish to‘g‘risida mamlakat ichkarisidan ham, chet ellardan ham da’vatlar yangradi.

Afg‘oniston hukumati Do‘stimning kelgusi taqdiri yoki uning jo‘nab ketishi odam o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgani bilan bog‘liq ekani yoki emasligi haqida hech qanday izoh bermadi.

Tayanj Do‘stim quvg‘inga uchragani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oldi-qochdi gaplarni rad etdi.

– General Do‘stim hech qachon mamlakatdan ketmaydi, u og‘ir paytda xalqi bilan birga bo‘ladi, – dedi Tayanj.

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan qudratli sarkarda Do‘stimga 2016 yili Ahmad Ishchining hibsga olishi bilan bog‘liq biror jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilmagan. O‘sha paytda u o‘zini hibsdan ozod etilganidan so‘ng oradan bir necha kun o‘tib, Do‘stimning militsiyasi o‘g‘irlab ketgani, kaltaklagani va jinsiy tajovuz qilganidan shikoyat qilgan edi.

Ashraf G‘ani 2014 yilda g‘alaba qozongan prezident saylovida Do‘stimni vitse-prezident etib tanlagani uchun qattiq tanqid qilingan edi.

XS
SM
MD
LG