Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:08

"Qo‘qon don" rahbariyati "don o‘g‘irligi" videosini sizdirganni izlamoqda


"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ korxonasida "don o‘g‘irligi" aks etgani iddao qilinayotgan videolar Ozodlikda e’lon qilinishi ortidan shirkat rahbariyati shu videolarni sizdirgan xodimlarini qidirishga tushgan. Ismi sir qolishini istagan shirkat xodimlaridan biri "Qo‘qon don mahsulotlari" AJ rahbarlari videoga tushib qolgan o‘g‘rilarni qidirish o‘rniga shu videoni sizdirgan odamni qidirmoqda, deb xabar berdi.

- Hammani do‘q-po‘pisalar bilan so‘roq qilmoqda. Bular davlat zahirasi saqlanayotgan don omboridan bug‘doy o‘g‘irlaganlarni qidirish o‘rniga shu o‘g‘irlikni videoga olib tarqatgan odamni qidirmoqda. Majlis to‘plab, oralaringda kimdir korxona ichidan video chiqargan, shu videoni tarqatgan topilmasa hammalaring ishdan ayrilasizlar, deb ogohlantirishdi, -deydi shirkat xodimlaridan biri.

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJning yana bir xodimi esa “iltimos to‘xtatinglar, bunchalik bo‘lishini bilmovdik, meni orqamdan boshqalar qiynalmasin”, - deya Ozodlikka xat jo‘natdi.

Ozodlikka 10 may kuni yuborilgan video tasvirda o‘rta yoshlardagi to‘rt shaxs qoplarni ko‘tarib, korxonaning usti sim to‘r bilan tortilgan devori tomon yurayotgani aks etgan.

"Қўқон Дон"да ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00

Yana bir tasvirda esa tikanli sim bilan tortilgan devorga narvon qo‘yilgan, odamlar unga chiqib devorning narigi tomoniga ichiga don to‘ldirilgani aytilgan qoplarni uzatayotganini ko‘rish mumkin.

"Қўқон Дон"да ўғирлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:56 0:00

Tasvirlarni Ozodlikka jo‘natgan korxona xodimi videoda aks etgan voqea don o‘g‘irligi ekani va bunday o‘g‘irliklar "Qo‘qon don mahsulotlari" AJ hududida "har kuni ko‘riqchilarning ko‘z o‘ngida" sodir bo‘lishini aytgandi.

Strategik ahamiyatga molik muassasalar sirasiga kiruvchi "Qo‘qon don mahsulotlari" harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi tarafidan qo‘riqlanadi.

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ rahbariyati korxonada o‘g‘irlik yuz berganini "mutlaqo" inkor qilgan.

XS
SM
MD
LG