Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:49

Mirziyoev Riyodda musulmon davlatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi


Prezident Mirziyoev Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi. Sammitda, asosan, ekstremizm va "Islom davlati" guruhiga qarshi birgalikda kurash yo‘llari muhokama etildi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev 50dan ortiq davlat, asosan, musulmon mamlakatlar, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari va AQSh prezidenti ishtirokida o‘tgan sammitda qatnashdi.

Agentlik xabarida aytilishicha, sammit kun tartibi "ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash... xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha islom dunyosi va AQSh o‘rtasida yangi sheriklik o‘rnatishning yo‘llarini muhokama etish"dan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston hozirgi paytda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilmoqda. 2016 yilning 18-19-oktabr kunlarida Toshkentda Islom Hamkorligi tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Riyoddagi sammit arafasida esa Mirziyoev Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. Rasmiy xabarda aytilishicha, tomonlar o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilgan.

Bundan tashqari, ITBning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui huzurida xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etishdagi ishtiroki yuzasidan fikr almashilgan va o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan.

Ayni paytda, Riyoddagi sammitda AQSh prezidenti Donald Trampning musulmon mamlakatlariga murojaat qildi.

Donald Tramp xorijdagi ilk nutqida asosiy e’tiborni ekstremizm va toqatsizlikka qarshi birgalikda kurashish istibollariga qaratdi.

Sammit davomida musulmon-arab o‘lkalari rahbarlarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tushlik qildi.

XS
SM
MD
LG