Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:13

Turkiyada davlat to‘ntirishiga uringanlar ustidan sud boshlandi


Turkiya poytaxtidan 20 km naridagi Sinjan qamoqxona majmuasi. Cud ishi shu yerda qurilgan eng yirik sud zalida ko‘rib chiqilmoqda.
Turkiya poytaxtidan 20 km naridagi Sinjan qamoqxona majmuasi. Cud ishi shu yerda qurilgan eng yirik sud zalida ko‘rib chiqilmoqda.

Turkiyada 2016 yil iyulida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish etakchilari sifatida ko‘rilayotgan 220 dan oshiq gumon qilinuvchi shaxs ustidan sud mahkamasi boshlandi.

22 may kuni boshlangan sudga tortilganlar orasida 26 nafar sobiq general ham bor. Sud majlisi Anqara tashqarisidagi katta sud binosi zalida bo‘lib o‘tmoqda.

Erdo‘g‘an hukumati 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishni AQShda istiqomat qilayotgan islom ruhoniysi Fathulloh Gulen uyushtirganini iddao qilmoqda, ammo u bu ayblovlarni keskin rad etib keladi.

Ayblov xulosasida ro‘yxati keltirilgan 221 nafar gumonlanuvchi qatorida ayni paytda AQShning Pensilvaniya shtatida ixtiyoriy quvg‘inda yashayotgan Gulen ham bor. Ammo u bilan birga yana 8 kishi hali hibsga olingani yo‘q.

Jinoyat ishi Turkiya poytaxtidan 20 km naridagi Sinjan qamoqxona majmuasi hududida davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq sud majlislarini o‘tkazish maqsadida qurilgan eng yirik sud zalida ko‘rib chiqilmoqda.

Gumonlanuvchi kishilarni sud zaliga xavfsizlik kuchlari telekameralar hamrohligida olib keldi. Keskin xavfsizlik choralari ko‘rilgan, tepada dronlar uchib yuribdi, sud majlisi bo‘layotgan joyda zirhli ulovlar turgani ko‘zga tashlanadi.

Turkiya bayroqlarini tutib olgan o‘nlab namoyishchilar gumonlanuvchilarga norozilik bildirib, «o‘lim jazosi berilishini talab qilamiz», deb baqirdi, ular «15 iyuldagi qurbonlar va veteranlar hurmati o‘lim jazosi berilishini talab qilamiz», degan plakatlarni ko‘tarib olgan.

Ayblanayotgan generallar orasida Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Akin O‘zturk, hokimiyatdagi partiyaning yetakchi huquqshunosi Saban Dishlining ukasi Mehmet Dishli, shuningdek, Erdo‘g‘onning harbiy masalalar bo‘yicha sobiq yordamchisi, polkovnik Ali Yazichi bor.

Favqulodda holat

Davlat to‘ntarishiga urinish ortidan joriy qilingan favqulodda vaziyat chog‘ida ko‘rilgan keskin choralar natijasida Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilinib, 47 mingdan oshiq kishi hibsga olindi.

Favqulodda holat uch marta uzaytirildi va 19 iyul kuni tugashi kutilmoqda. Ammo Erdo‘g‘on 21 may kuni «tinchlik va farovonlik»ka erishilmasa, u yana uzaytirilishini aytdi va favqulodda holat inson huquqlariga umuman ta’sir etmaganini ta’kidladi.

Sud majlisi inson huquqlarini himoya qiluvchi Amnesty International tashkiloti Turkiyani davlat to‘ntarishi amalga oshmay qolgandan so‘ng o‘tkazilgan bir qator tozalash amaliyotlari chog‘ida davlat xizmatchilarini «o‘zboshimchalik bilan ishdan bo‘shatganlik»da ayblab, ma’ruza chop etgan kuni boshlandi.

Amnesty International rasmiy Anqaradan «ishdan bo‘shatilganlar sudga murojaat qilishning tezkor va samarali mexanizmidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishlari» uchun sharoit yaratib berishni talab qildi

XS
SM
MD
LG