Линклар

Ozodlikka Samarqand viloyat, Pastdarg‘om tumanidan bog‘langan 47 yashar hamshira Dilfuza Abdurahimova bir necha yildan beri ishsiz qolayotgani, aksar hollarda unga yoshi katta, deb ish berishmayotganini iddao qilmoqda.

Ozodlik bilan suhbatda Abdurahimova hozir aksar tibbiyot muassaslari va boshqa byudjet tashkilotlari hokimiyatning kollejlarni yakunlab kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha topshirig‘ini bajarmoqda:

- Masalan, Juma shahridagi kasalxonaga borganimda, otdel kadridagi ayolning o‘zi aytdi menga: Kollejdan keladiganlar ko‘payib ketgan, ularni ishga olshimiz kerak, sizning yoshingiz bizga to‘g‘ri kelmaydi, deb ochiq aytdi menga. Nima endi, bizga ish yo‘qmi shu bilan? Hokimiyat bergan ishlar orasida esa ayollarga munosibi yo‘q. Qorovul, suvchi va shunga o‘xshagan ishlar? - dedi Ozodlik bilan suhbatda hamshira.

Quyida Dilfuza Abdurahimova bilan suhbatni tinglang:

XS
SM
MD
LG