Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:03

13 qovurg‘asi sindirilgan muhojir hayotini Moskva sudi 200 ming rublga baholadi


Advokat D.Piskunov va I.Alihonov sud oldida
Advokat D.Piskunov va I.Alihonov sud oldida

Zamoskvoretskiy tuman sudi politsiya bo‘limida o‘ldirilgan mehnat muhojiri hayotini 200 ming rublga baholadi. Bundan 2,5 yil oldin Solnechnogorsk tuman politsiya bo‘limiga zo‘rlashda ayblanib olib kelingan 39 yashar Farruh O‘rozovning 13 qovurg‘asini sindirib o‘ldirgan uch politsiya xodimini sud 6 va 7 yillik qamoqqa mahkum etgan edi.

Rossiya poytaxtining Zamoskvoretskiy tuman sudi 18 may kungi qarori bilan Solnechnogorsk tuman politsiya bo‘limida kaltaklab o‘ldirilgan tojikistonlik Farruh O‘rozovning tog‘avachchasi Ilhom Alixonovga 200 ming rublli (~3,5 ming AQSh doll.-tahr.) tovon puli to‘lash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Sudning bu qaroriga izoh bergan “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita” yuristi Dmitriy Piskunov Ilhom Alixonov va uning yaqinlari manfaatlarini sudda himoya qilganini Ozodlikka gapirib berdi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, himoyachilar Rossiya Ichki ishlar vazirligidan Tojikistonning tog‘li Farhor tumanida yashayotgan rafiqasi va 4 farzandi nomidan ham kompensatsiya talab qilishni rejalashtirmoqda.

Farruh O‘rozov (o‘rtada) va uning ukasi Ilhom Alixonov
Farruh O‘rozov (o‘rtada) va uning ukasi Ilhom Alixonov

- Sudya Nelli Rubtsova muhojirning o‘limi uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligidan 200 ming rubl talab qilishga qaror chiqardi. Mahkama davomida uning og‘zaki bergan tushuntirishiga ko‘ra, Ilhom Alixonovdan tashqari O‘rozovning boshqa qarindoshlari ham xuddi shunday da’vo arizalari bilan murojaat qilishlari mumkin. Marhum Farruh O‘rozovning boshqa yaqinlari borligi sababli sud tovon haqini biz so‘ragandan 6 foizinigina berishni haqli deb topdi, vaholanki biz 3 million rubl so‘ragan edik, dedi advokat Piskunov.

Himoyachi tojikistonlik Farruh O‘rozovning politsiya bo‘limida o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyat 2014 yilning 18 sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lganini gapirib berdi.

2014 yilning 17 sentabr kuni Solnechnogorsk tumani Redino qishlog‘ida istiqomat qiluvchi bir ayol noma’lum shaxs uning 6 yashar qizchasiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirganini xabar qilgan.

“Politsiya bu jinoyatga qo‘shni uyda yashayotgan uch muhojirni gumonlaydi”, deya davom etadi Dmitriy Piskunov.

- O‘sha kuni kechqurun ular yashayotgan kvartiraga patrul-post xizmati xodimlari kelib, Solnechnogorsk tuman politsiya bo‘limiga avvaliga Farruhni, keyin Alixonov va Sattorovni olib kelishadi. Keyingi taftish ularning bu gumonlari asossiz ekanini aniqladi. Politsiya bo‘limiga keltirilgan O‘rozovni darhol jinoyat qidiruv bo‘limi kabinetlaridan birida kaltaklashga tushishgan. Natijada, o‘sha kuni kechasi Farruh jon taslim qildi. Bilishimcha, politsiya xodimlari uning qovurg‘asini shunday sindirishganki, u nafas ololmasdan o‘lgan. Farruhning kaltaklanishiga uning ukasi Ilhom guvoh bo‘lgan. Baqiriq ovozlarini eshitib, Ilhom kabinetlardan biriga kirib qoladi va u yerda yarim yalang‘och holatda erda kishanlanib, qonga belanib yotgan Farruhni ko‘rib qoladi. U ukasiga “Men boshqa chiday olmayman!” deyishga ulgurgan, dedi himoyachi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, muhojir Farruh O‘rozovning tanasiga kamida 75 marotaba qattiq zarba berilgan, u 13 qovurg‘asi sinishi oqibatida jon taslim qilgan.

F.O‘rozov politsiyachilar zarbalaridan o‘lgani aniqlandi
F.O‘rozov politsiyachilar zarbalaridan o‘lgani aniqlandi

Ilhom Alixonov Ozodlikka Farruhning ikki marta qamalgan ayol shikoyati asosida qo‘lga olganini Ozodlikka gapirib bergan edi.

Nobud bo‘lgan muhojirning tog‘avachchasi Ilhom Alixonov politsiya bo‘limidagi hodisadan keyin Moskvada joylashgan “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita”ga murojaat qildi. O‘rozov o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va politsiyachilardan biri zudlik bilan qo‘lga olingani xabar qilindi.

Tergov davomida 39 yoshli Farruhning o‘limiga yana ikkita xodim aloqador ekani va keyinroq ular ham hibs etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu xodimlar lavozimlaridan zudlik bilan bo‘shatildi, politsiya bo‘limi rahbariyati intizomiy jazoga tortildi.

“Qiynoqlarga qarshi qo‘mita” yuristi Dmitriy Piskunov politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan Farruh O‘rozovning rafiqasi, to‘rt farzandi yetim qoldi, deydi: Tojikistonning Farxor tumanidan bo‘lgan Farrux O‘rozovning katta o‘g‘li 6-sinfda o‘qiydi, qolgan uch qizi esa hali maktab yoshiga ham yetmagan.

“Қийноқларга қарши қўмита” юристи Дмитрий Пискунов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:01 0:00
Бевосита линк

U Farruh ota-onasining ham yagona boquvchisi bo‘lgani va ular Rossiya Ichki ishlari vazirligidan moddiy kompensatsiya talab qilishga haqli ekanini gapirdi.

- Biz Zamoskvoretskiy tuman sudi qarori ustidan shikoyat yozamiz, so‘zsiz. Chunki 200 ming rublli tovon puli uning yaqinlariga yetkazilgan ma’naviy zararni hech qanaqasiga qoplaymadi. Bizning appelyatsiya arizamiz qondirilmasa, biz Inson haqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilamiz. Shu sababli, Farruh O‘rozov ishi yuzasidan adolat o‘rnatilishi uchun hali ko‘p ish olib borish kerak, dedi “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita” vakili Dmitriy Piskunov.

Ozodlik tojikistonlik 39 yoshli muhojir Farrux O‘rozov o‘limida ayblangan politsiya xodimlari Stanislav Deykun va Andrey Chernishev 7 yilu 4 oydanga, Vladimir Gordeev esa 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgani, sudlanganlar jazoni qattiq rejimli qamoqxonada o‘tashiga hukm qilingani to‘g‘risida xabar bergandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yiliga 1 milliondan ziyod mehnat muhojiri Tojikistondan ish izlab Rossiyaga keladi. Huquq himoyachilari hisob-kitobicha, har yili ulardan 1 mingdan ziyodi o‘z Vataniga temir tobutda qaytib keladi.

Hozircha Rossiyadan keltirilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar jasadlari soniga oid biror aniq ma’lumot e’lon qilinmagan.

XS
SM
MD
LG