Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:20

"Hukumat diniy erkinlik va ekstremizm o‘rtasidagi chegarani aniqlab olishi lozim"


Huquq faoli Abdurahmon Tashanov
Huquq faoli Abdurahmon Tashanov

O‘zbekistonlik jurnalist va inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotlardan biri qamoqxonalarda qolayotgan "siyosiy" va "diniy" mahbuslar muammosini hal qilish bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.

Toshkentga borgan Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashgan faol muloqotda, avvalo, fuqarolarning diniy erkinliklari qaerda tugaydiyu ekstremizm va terrorizm xavfi qaerda paydo bo‘ladi, degan savolga huquqiy asosda javob topish lozim ekanini ta’kidlaganini aytadi.

- O‘zbekistonlik inson huquqlari faoli, xususan, buxorolik huquq faoli Shuhrat G‘aniev ham aynan shu masalani ko‘tardi. Yevroparlament deputatlari ayni masala hozir Yevropada ham jiddiy masala bo‘lib qolayotgani, O‘zbekiston hukumati bilan muloqotlarda esa bu masalani ham ko‘tarishlarini aytishdi. Hozir O‘zbekistonda islohotlar bo‘layotganini ko‘rar ekanmiz, aynan inson huquqlari masalasida ham yaxshi o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilamiz, - deydi Abdurahmon Tashanov.

Quyida faol bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Ҳуқуқ фаоли: Диний эркинлик ва экстремизм ўртасидаги ҳуқуқий чегарани аниқлаш лозим
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:18 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG