Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:04

Samarqandda Prezidentga arz qilgan ayolni so‘kkan mulozim jarimaga tortildi (VIDEO)


Arzgo‘yni so‘kkan mulozim
Arzgo‘yni so‘kkan mulozim

Samarqand viloyati Samarqand tumani Qo‘shtamg‘ali QFY raisi Bahrom Qo‘ziev portalga yozgan ayolni so‘kkani uchun jazolandi. Ozodlik mojaro tafsilotlarini o‘rganar ekan, quyi pog‘onadagi ba’zi rahbarlarning huquqiy savodxonligi talab darajasida emasligini aniqladi. Xususan, jazolangan rahbar ham jarimani savodsizligi bilan "ishlab topgani" ma’lum bo‘ldi. Ozodlik tasarrufida mojaro aks etgan videotasvir mavjud.

Самарқандда Президентга арз қилган аёлни сўккан мулозим жаримага тортилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00

Tuman hokimi huquqshunosining Ozodlikka aytishicha¸ o‘tgan hafta Samarqand tuman sudining Navbahor mahallasida o‘tkazgan sayyor sud majlisi qaror chiqarib, so‘kong‘ich mulozimni jarimaga tortgan:

- Qo‘shtamg‘ali mahallasida istiqomat qiladigan 52 yashar Musaeva Masturani haqorat qilgani uchun ayni mahalla raisi Bahrom Qo‘ziev eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bu - sud hukmi, unga hokimlik aralasha olmaydi. Agar tomonlar norozi bo‘lsa kassatsiya tartibida shikoyat yozishi uchun yana bir hafta vaqt bor¸ dedi tuman hokimligi huquqshunosi.

Jabrlanuvchi hukmdan norozi

Mulozim tarafidan uyat so‘zlar bilan haqorat qilingan samarqandlik onaning o‘g‘li Ozodlikka haqoratlanish aks etgan videoni yuborib, hukmdan norozi ekanligini aytdi:

- Bor-yo‘g‘i eng kam oylikning 5 baravariga teng jarimaga tortishdi. 750 ming so‘m bu - yuz dollar atrofida. Hech bo‘lmasa yuz baravar shtraf qilsin edi. Videoni ko‘ringlar? Qo‘ziev bechora onamni qanday so‘kib tashlagan! Onam o‘shandan keyin ruhan cho‘kib yotib qoldi. Boshqa odam bo‘lganida onasini haqorat qilgan odamni urib tashlagan bo‘lardi. Men ham, onam ham, odob saqlab turdik. Agar onamni himoya qilib Qo‘zievga tashlanganimda meni mansabdor shahsni kaltakladi, deb uch yilga qamashar edi. Men bo‘lsam, qonuniy yo‘ldan borib, mulozimni sudga berdim. Lekin yengil jazo bergan suddan noroziman, dedi jabrlangan onaning o‘g‘li.

Onaga qo‘shib portal ham so‘kilgan

Samarqand hokimligi huqushunosining aytishicha, Mastura Museva uy masalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga shikoyat qilgan:

- Shikoyatda ismi keltirilgan mahalla raisi Bahrom Qo‘ziev masalani hushmuomalalik bilan hal qilish o‘rniga arzgo‘y Musaevga qo‘pol muomala qilgan. Buning uchun Qo‘ziev jazolandi. Lekin uy-joy masalasida Musaeva nohaq. Bu masalada portalga va Musaevaning o‘ziga tushuntirilgan, dedi mulozim.

Ozodlik tasarrufidagi videoda mulozim Qo‘zievning onaga qo‘shib portal ya’ni Prezidentining virtual qabulxonasini ham haqorat qilgani aks etgan.

Tuman hokimligi huquqshunosi esa “sud faqat arzgo‘yni haqorat qilganligi masalasini” ko‘rganligini aytadi.

- Portalni haqorat qilgani haqida shikoyat va dalil yo‘q. Mahalla raisi Qo‘ziev darg‘azab bo‘lib, "qaerga borsang boraver¸ portalga borasanmi boshqasigami¸ men xudo oldida ham, payg‘ambar oldida ham javob beraman. Sen tuhmatchisan", degan. Bu gaplar haqoratdan ko‘ra¸ qo‘pol muomala degan klascifikatsiyaga to‘g‘ri keladi, dedi g‘uquq

Ozodlik tasarrufidagi videotasvirda mahalla raisi “haromi”¸ “pederast” boshqa ikkita so‘kish so‘zi ishlatilgan.

Janjal nimadan chiqdi?

Mulozim dashnomiga nishon bo‘lgan samarqandlik ayolning o‘g‘li o‘zlari yashaydiigan uy tortib olinayotgani bois janjal chiqqanii aytadi:

- Tog‘am mulozimlar bilan til biriktirib bizga rasman tegishli bo‘lgan uyni o‘z nomiga o‘tkazmoqchi. Bizga 2006 yili Oxunboboev (hozir Qo‘shtamg‘ali) qishloq fuqarolar yig‘ini sobiq raisi marhum Turdiev imozsi bilan 0.06 ga yerni tog‘am Shamsiddin Musevdan olib onam Mastura Museva nomiga o‘tkazish bo‘yicha hujjat berilgan. Shu hujjatni tog‘am bekor qildirib, uyni tortib olmoqchi. Tog‘am bu ishni mahalla raisi Qo‘ziev ko‘magida qildi. Biz portalga ariza yozganimizni eshitgan zahoti kelib to‘palon ko‘tardi¸ dedi suhbatdosh.

Ozodlik tasarrufida bu iddaolarni tasdiqlovchi hujjatlar to‘plami bor. Ayni paytda tuman rasmiylari uyning Mastura Musaevga emas, balki Shamsiddin Musaevga rasman tegishli ekanini aytmoqda:

- Siz aytgan qaror chiqqan 2006 yilning 2 oktabrida yer uchastkasi ajratish¸ ko‘chmas mulklarni birovning nomiga o‘tkazish kabi vakolatlar qishloq fuqarolik yig‘inidan olinib notariusa o‘tkazilgan edi. O‘sha paytda qishloq fuqarolari yig‘ini raisi Turdiev o‘zida vakolat bo‘lmagan hujjatga imzo chekib, noto‘g‘ri yo‘nalishni boshlab ketgan. U imzo chekkan hujjatning yuridik kuchi yo‘q. Shu bois uy uning birlamchi egasi Shamsidin Musaev nomida qolaveradi¸ dedi huquqshunos.​

XS
SM
MD
LG