Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:37

Istanbulda o‘zbekistonlik xudkush portlatgan Reina tungi klubi buzildi


Reina tungi klubi portlashdan so‘ng, 2 yanvar, 2017
Reina tungi klubi portlashdan so‘ng, 2 yanvar, 2017

Istanbul meriyasi yangi yil kechasida o‘zbekistonlik xudkush Abdulqodir Masharipov tomonidan portlatilgan Reina tungi klubi binosini buzib tashladi.

Turkiyadagi ANews, Anadolu agentliklari bergan xabarga ko‘ra, shahar meriyasi bunga binoning ba’zi qismlari noqonuniy qurilganini sabab qilib keltirilgan.

Hurriyet nashrining yozishicha, bino klubi 45 daqiqa ichida buzib tashlangan va hatto, bundan klub ma’muriyati avvaldan ogohlantirilmagan.

23 may kuni Turkiyadagi qator axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qisqa muddat ichida buzib tashlangan tungi klub vayronalari suratlarini tarmoqlarda tarqatdi.

Shu yil 1 yanvarga o‘tar kechasi mazkur klubda o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov - Abu Muhammad Xurosoniy laqabli 34 yoshli shaxs tomonidan amalga oshirilgan qurolli hujumda 39 kishi o‘lgan, 69 kishi jarohatlangandi.

Hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” ekstremist guruhi zimmasiga olgan. Hujum ijrochisi Masharipov 16 yanvar kungi aksilterror amaliyoti chog‘ida ushlangan.

Hurriyet va qator boshqa turk nashrlari Abdulqodir Masharipovga Istanbul bosh prokuraturasi 40ta umrbod qamoq jazosi, shuningdek qotillik hamda boshqa jinoyatlari uchun qo‘shimcha 2397 yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘rashganini xabar qilgan.

Sabah nashriga ko‘ra, 39 kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov Turkiyada o‘lim jazosi bekor qilinganganiga qaramay sud hay’atidan o‘ziga o‘lim jazosi berilishini so‘ragan.

Masharipov Turkiyaga 2016 yil yanvarida Eron orqali kelgani, bir muddat Ko‘nyo shahrida yashagani, keyin “Islomiy davlat” mas’ullaridan Istanbulda terror xuruji uyushtirish amrini olganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG