Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:17

Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytgani uchun Mirziyoevga minnatdorchilik bildirdi (Video)


Dushanbeda yakkaxon konsert berishdan bir kun oldin gapirgan taniqli xonanda Yulduz Usmonova 8 yillik taqiqdan so‘ngra katta sahnaga qaytishiga izn bergani uchun prezident Shavkat Mirziyoevga minnatdorchilik bildirdi.​

"Bir kishini ayblash kerak emas. Muammo siz va bizda. Biz bir-birimizga tuhmat qilib, bir-birimizni yomonlab, yo‘llarni berkitamiz. Bu vaziyatn ko‘rgan va yo‘llarni ochish kerakligini his qilgan prezidentga rahmat ", - dedi u​.

Юлдуз Усмонова катта саҳнага қайтгани учун Мирзиëевга ташаккур айтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:41 0:00

23 may kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirgan Yulduz Usmonova, shuningdek, Tojikiston unga qo‘shni davlat emas, o‘z vatani singari aziz ekanini aytdi.

Usmonova Tojikiston va O‘zbekiston munosabatlarining iliqlashayotganini olqishladi.

O‘zbekistonning o‘z eshiklarini nafaqat Tojikiston¸ balki butun jahonga ochayotganini ta’kidlagan Yulduz Usmonova Dushanbe shahrida ikkita yakkaxon konsert taqdim etishi ortidan Xo‘jand va Tursunzoda shaharlarida ham konsert beradi.

XS
SM
MD
LG