Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:48

OzodNazar: O‘qituvchini sovg‘aga qaram qilmasdan¸ oyligini oshirish kerak!


O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini xonadonlar, restoran va kafelarda o‘tkazish qat’iyan taqiqlanganligini qoralagan pedagog olim Abdulla Abdurazzoq¸ bitiruv kechalarining ijobiy taraflaridan so‘z yuritdi.

- Bitirish kechalarini taqiqlagan bilan bolalar baribir yashirinchi o‘tkazadi. Bir davrning tugashini sinfdoshlar davrasida nishonlash yaxshi odat. Yevropada bu juda chiroyli va esda qoladigan qilib nishonlanadi¸ deydi 25 yildan beri Norvegiyada yashayotgan pedagog.

Абдулла Абдураззоқ билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:02 0:00

Suhbatdoshga ko‘ra¸ o‘zbek o‘qituvchisiga Yaponiyadagi kabi izzat-ikrom ko‘rsatilishi kerak:

- Yaponiyada o‘qituvchiga diplomatning oyligi¸ imperatorning obro‘si¸ ministrning sharoiti yaratilgan va bu narsaning hosilasini yapon taraqqiyoti misolida ko‘rib turibmiz. Mana¸ O‘zbekistonda ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, ota-onalardan pul yig‘ish, ta’magirlik va ortiqcha hoyu havaslar ham man etilibdi. Buning o‘rniga hukumat ularning oyligini oshirishi lozim¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG