Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:56

Jizzaxda o‘qituvchi va shifokorlar majburan chopiqqa chiqarilmoqda


O‘zbekistonlik huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Malohat Eshonqulovalardan iborat "Qo‘rqmaslar" guruhi 22 may kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga qilgan safari davomida bahorgi dala ishlariga yana byudjetdan oylik oluvchilarning majburan jalb etilishi holatlarini o‘rganganliklarini bildirdi. Eshonqulovaning Ozodlikka aytishicha, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboev ichki ishlar tizimi amaldorlari bilan birga maktab va kollej o‘qituvchilari, hamshira va vrachlarni g‘o‘za chopig‘iga majburlagan.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida g‘o‘za chopig‘i aprelь oyi oxirida boshlangan.

Huquq faoli Malohat Eshonqulovaning aytishicha, o‘shandan buyon tumandagi byudjet xodimlari dala ishlariga majburlab olib chiqilmoqda.

Malohat Eshonqulova chopiqqa olib chiqilgan jizzaxlik bilan suhbatlashmoqda.
Malohat Eshonqulova chopiqqa olib chiqilgan jizzaxlik bilan suhbatlashmoqda.

- O‘qituvchilar, hamshiralar ertalab 7dan tush paytigacha dalada ishlaydi, tushdan keyin o‘z ish joyiga boradi va kechqurungi 6gacha o‘z kasbiy ishini qiladi, - deydi Eshonqulova.

Paxtakor tumanida o‘qituvchi va shifokorlar chopiqda.
Paxtakor tumanida o‘qituvchi va shifokorlar chopiqda.

Chopiqqa chiqqanlar Paxtakor tumani hokimi aholini qurquv ostida ushlab turgani, fermerlarni esa kaltaklashini aytishgan. Lekin, bu iddaolarni o‘rganish imkonsiz.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimligi binosi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimligi binosi.

Ozodlik Paxtakor tumani hokimining o‘zi bilan bog‘lana olmadi.

- Hokim buva dalaga ketgan, - dedi Paxtakor tumani hokimi yordamchisi Ozodlik bilan suhbatda.

Paxtakor tumani dalalarida chopiq avjida.
Paxtakor tumani dalalarida chopiq avjida.

Aholini majburiy mehnatga jalb qilish Xalqaro mehnat tashkilotining 105-konvensiyasiga ziddir. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish maqsadida o‘z aholisni majburiy mehnatga jalb qilmaslikni zimmasiga olgan holda ushbu konvensiyaga 1997 yilda qo‘shilgan davlatdir.

Jizzaxda chopiq aprel oyi ohiridan boshlangan.
Jizzaxda chopiq aprel oyi ohiridan boshlangan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda hukumat yosh bolalar mehnati o‘rnini to‘ldirish uchun voyaga yetganlar mehnatidan yanada ko‘proq foydalanmoqda.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O‘zbekiston hukumati hamon o‘z xalqini qullardek ekspluatatsiya qilayotganini tanqid qilib keladi.

Hьyuman Rayts uotch tashkilotiga ko‘ra, o‘tgan yilgi paxta mavsumida O‘zbekistonda bir milliondan ortiq odam paxtaga majburiy safarbar etilgan.

XS
SM
MD
LG