Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:37

Eng "qimmatbaho hojatxona" yohud "Zenit Arena" stadioni mojarosi


"Zenit arena"da ta’mirlash ishlari davom etmoqda
"Zenit arena"da ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Qurilishiga 10 yildan ko‘proq vaqt va 900 million dollar sarflangan Sankt-Peterburgdagi markaziy “Zenit-Arena” stadionida mutaxassislar ammiak moddasining ruxsat etilganidan 2,5 barobar ko‘pligini aniqladi. Stadion egalari buning uchun duch kelgan joyda hojat chiqargan mehnat muhojirlarini ayblamoqda.

"Stadionda ammiak miqdori oshib ketgan"

Peterburgdagi “Zenit-Arena” futbol stadioni hududida ammiak moddasining sog‘liqqa ziyon yetkazadigan darajada ko‘pligi aniqlandi. Ekspertlarga ko‘ra¸ stadiondagi ammiak miqdori normadagidan 2,5 barobar balanddir

“VKontakte” tarmog‘idagi Mash guruhining stadion rahbariyatidagi manbaga tayanib yozishicha, mutaxassislar zararli moddaning keskin ko‘payib ketishiga uning qurilishida ishlagan muhojirlarni ayblamoqda. Bu manba iddaosicha¸ quruvchi-ishchilarlarning ventilyatsiyasiz stadionning duch kelgan joyiga yozilib ketavergani bu holatga olib kelgan.

Ventilyatsiyani yarim yil oldin ishga tushirishga va’da berishgan. Mutaxassislar stadiondan foydalanishga ruxsat berishdan oldin ammiak miqdorini yana bir bor o‘lchab ko‘rishadi”, deyiladi bu mavzuga bag‘ishlangan Mash videoroligida.

("VKontakte"dagi MESh guruhi videosi)

Ungacha¸ aytilishicha¸ Peterburgning “Zenit” futbol komandasi o‘z uchrashuvlarini qo‘shni stadionlarda yoki mehmonda o‘tkazib turadi.

Ekologlar bundan oldin ham stadionda ammiak va formaldegid moddalari miqdorining keskin ko‘pligini qayd etgan va vaziyat barcha muhandislik qurilmalari ishga tushsagina yaxshilanishini bildirgan.

“Sankt-Peterburg Arena” stadioni matbuot xizmati va uni vaqtinchalik boshqarayotgani aniqlangan shahar Sport inshootlarini boshqarish boshqarmasida Ozodlik so‘roviga ammiakning va boshqa zaharli moddalarning kelib chiqishi borasida hozircha izoh berilmasligini bildirishdi.

"Qimmatbaho hojatxona"

Dunyodagi eng qimmatga tushgan stadion maqomini olgan "Zenit arena" qurilishida¸ asosan markaziy osiyolik, xususan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ishlagan.

Hozircha quruvchi migrantlarning “ammiak axlatlari” borasidagi xabarni birorta rasmiy idora tasdiqlamadi. Shunga qaramay¸ bu xabar Rossiyadagi aksar federal va mintaqaviy axborot vositalarida tarqashda davom etmoqda.

"Zenit-Arena" - kutilgan natija va reallik
"Zenit-Arena" - kutilgan natija va reallik

Hozirda “Sankt-Peterburg” nomi berilgan stadion (eski nomlari – “Krestovskiy”, “Zenit-Arena”) qurilishiga, ayrim hisob kitoblarga ko‘ra, 50 milliard rubl yoki salkam 900 mln dollar sarflangan.

Muxolifat yetakchisi va blogger Aleksey Navalniy bu puldan 30 milliardining amaldorlar tomonidan o‘zlashtirib yuborilganini aytmoqda.

Peterburg stadioni qurilishi bundan rosa 10 yil oldin – 2007 yilda yapon arxitektori Kisyo Kurokava loyihasi asosida boshlangan.

Ommaviy axborot vositalari va bloggerlar “Zenit-Arena”ga dunyodagi “eng qimmatbaho hojatxona” deb nom qo‘yishga ham ulgurdi.

"Ichkarida sharoitlar yo‘q edi..."

Ozodlik Radiosi Peterburg markaziy stadionida qurilish ishlarida qatnashgan bir nechta o‘zbekistonlik muhojir bilan suhbatdan yuqorida zikr etilgan vaziyatni o‘rganib ko‘rdi.

O‘zini Mansur deb tanishtirgan vodiylik muhojir 3 oy “Zenit Arena” qurilishida ishlagan. U ichkarida ishchilar hojatini chiqarishga sharoitlar mutlaqo yo‘q bo‘lganini esladi.

-U yerda, to‘g‘risi, bardak bo‘ldi. Siyib tashlagan va boshqalar bo‘ldi... Uni yashirish kerak emas – ko‘zim bilan ko‘rdim. Lekin, ichkarida tualet bo‘lmadi. Tashqariga bir avtobus qo‘yildi biotualet bilan. Tepada ishlaydiganlar pastga tusha olmaydi – yo‘lga qizg‘andi-da. Ochilish marosimiga yaqin tualetlar ishga tushirila boshladi. To‘g‘risini aytsam, u yerda asosan o‘zbek-tojik bollar ishladi. 85 foizi! Bir ishlaganda 2-3 ming odam bor edi. Shu sababli abjag‘i chiqqan-da. Lekin, odamda ham sal madaniyat ham bo‘lishi kerak-ku, dedi Mansurbek.

Suhbatdosh ma’muriyat imorat qavatlariga hojat chiqarmalik to‘g‘risida ogohlantiruvchi maxsus plakatlarni ham yopishtirib chiqqanini yodga oldi. Mansurbek o‘zi ishlagan paytda usti yopiladigan katta sport inshootida ventilyatsiya bo‘lmaganini ham ma’lum qildi.

Jizzaxlik Jasurbek “Zenit Arena” stadionida zaharli islar paydo bo‘lishini tabiiy sharoitlar bilan bog‘ladi. U Krestovskiy orolida joylashgan stadion atrofi balchiq va suv bilan o‘ralgani sababli yopiq binoning ichkarisida sassiq hidlar paydo bo‘lganini taxmin qildi.

- Metrodagi portlashdan keyin ular begonalarni yaqin yo‘latmaydi. Ikkinchidan, arenaga mashina kiritilmaydi. O‘zining ishchilari kamida 7 –ta qo‘riqchidan o‘tishi kerak. U yerda ishlagan o‘rtoqlarim bilan gaplashdim – chimda biroz tayyor emas Jahon chempionatiga, lekin tayyorlasa kerak, deyapti. U yerga na mashina, na metro boradi. Arenaning 70 foizi suv ichida. Balkim u mog‘orlagan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildi Jasurbek.

Shu yilning yanvarigacha “Zenit Arena” sport majmuasining uchinchi qavatidagi biznes pavilyonlarini qurish ishlarida qatnashgan o‘zbekistonlik yana bir suhbatdosh- Shamsiddin, stadion ichkarisida zaharli chiqindi moddalar bo‘lishini mumkinligi inkor etmadi. U hojatxona juda uzoqda joylashgani sababli ishchilar inshoot ichkarisiga hojatga chiqarib ketaverardi, deydi.

- Stadion o‘rtasidan aylanasiga ikki qavat biznes-pavilyonlar ketgan. Men shu yerda ishlaganman. U yerda texnik xonalar ham bor. O‘sha xonalar rasvosi chiqqan edi. Shu aylanadi bitta tualet bor edi. Qolgan tualetlar yopib qo‘yilgan edi, chunki unitazlar yangi qo‘yilgandi. Birinchidan, tualetga uzoq yurish kerak edi, ikkinchidan, qavatimizdagi tualetni umuman ishlatib bo‘lmas darajaga keltirishgan edi: sveti yo‘q, eshigi yo‘q, suvi yo‘q, ichi to‘lib qolgan. Biotualetlar tashqarida edi – borish uchun bir krug aylanib chiqish kerak sovuqqa. Hech kim bormas edi shuning uchun, dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan o‘zbekistonlik quruvchi yigit.

XS
SM
MD
LG