Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:00

OzodMikrofon: “Chegara yopiqligi sabab, farzandlar marhum ona bilan daryoning u betidan turib xayrlashdi”


O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida viza tartibi joriy qilinganidan so‘ng minglab qarindoshlar diydorga zor bo‘lib qoldi
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida viza tartibi joriy qilinganidan so‘ng minglab qarindoshlar diydorga zor bo‘lib qoldi

Tojikistonning Asht tumanidagi Oqjar qishlog‘ida yashaydigan 50 yashar Binafsha OzodMikrofonga odamning qalbini larzaga soladigan bir voqeani aytib berdi.

Tojikistonning Asht tumanidagi Oqjar qishlog‘ini kesib o‘tgan Sirdaryoning narigi tomonidagi qishloqning ham nomi Oqjar. Faqat u O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatiga qarashli.

Chegaralar yopilib, viza tartibi joriy qilinganidan so‘ng, qishloqlararo bordi-keldi tamoman to‘xtagan.

O‘zbekistonning Oqjar qishlog‘iga kelin bo‘lib tushgan ayol kasal bo‘lganidan so‘ng ota-onasi davolatgani Tojikistonning Oqjar qishlog‘iga viza qildirib, olib keladi. Ammo, oradan bir qancha vaqt o‘tmay ayolning joni uziladi.

Ayolning farzandlariga xabar beriladi, lekin viza qilish uchun mayit kutib turmaydi. Janoza ota uyida bo‘ladi. Ota uyi daryo bo‘yida bo‘lgani uchun aza bo‘lgan uydan qattiq yig‘i chiqadi. Viza qildirib kelishga vaqti etmagan ayolning farzandlari esa daryoning narigi qirg‘og‘iga kelib, ona bilan uzoqdan yig‘lab xayrlashadi.

Bu holatni ko‘rgan butun qishloq yig‘laydi....

Ana shu voqea va ikki qardosh xalqning bir-birlarining diydoriga to‘ya olmayotgani haqida gapirib berdi, Binafsha.

Тожикистонлик Бинафша билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:56 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG