Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 09:29

«O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» va «Tahlilnoma»,«Toshkent» telekanalining «Poytaxt», hamda «Yoshlar» telekanalining «Davr» informatsion dasturlari yopiladi.

Bu haqda Milliy teleradiokompaniya (MTRK)dan olingan ma’lumotga tayanib, UZ24 nashri xabar qildi..

Aytilishicha, barcha axborot-tahliliy dasturlar «Diyor» kanali va «Toshkent» radiokanali negizida tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» telekanali orqali efirga uzatiladi. Yangi kanalning ochilish sanasi hozircha ma’lum emas.

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» «O‘zbekiston 24» telekanali ishga tushgunicha efirga chiqishda davom etadi.

Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.

Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.

Birozdan so‘ng mavzuga kengroq qaytamiz.

XS
SM
MD
LG