Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:15

Eron o‘z iqtisodiyotini sayyohlik bilan ko‘tarmoqchi


Eron rahbariyati xalqaro sanksiyalar va neft narxi keskin pasayib ketishi ta’sirida zaiflashib qolgan iqtisodiyotinirag‘batlantirish yo‘llarini qidirmoqda va shu maqsadda mamlakatni mintaqadagi yetakchi sayyohlik manziliga aylantirmoqchi.

Go‘zal tabiat, qadimiy mehmondo‘stlik va ko‘plab “Umumjahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan ziyoratgohlar Eron hukumatiga o‘z maqsadiga erishishda qo‘l kelishi mumkin.

Eronning turzim sohasidagi imkonlari katta ekaniga qaramay¸ chet ellik sayyohlar 1979 yilda ro‘y bergan islom inqilobidan beri ushbu mamlakatga bormay qo‘ygan.

Viza olishning uzoqqa cho‘zilishi va murakkabligi¸ xotin-qizlar kiyimiga nisbatan majburiy cheklov¸ spirtli ichimliklar ichishning taqiqlangani xorij sayyohlarini Erondan uzoqlashtiraëtgan sabablardan ayrimlari¸ xolos. Ayni paytda¸ islom respublikasiga bormoqchi bo‘lgan chet elliklar turli bahonalar bilan qamoqqa olinish¸ qolaversa¸ mamlakatda kutilmagan siyosiy to‘ntarish ro‘y berishidan ham qo‘rqadi.

19 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ilk bosqichida katta ustunlik bilan g‘alaba qozonib,ikkinchi muddatga saylangan mo‘’tadil siyosatchi Hasan Ruhoniy rahbarligida Eron o‘z obro‘sini tiklash hamda neft narxi keskin pasayishi va xalqaro sanksiyalar oqibatida zaiflashib qolgan iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida chet elliklarga quchoq ochmoqda.

Ruhoniy birinchi prezidentlik muddatining bosh yutug‘i bo‘lgan dunyo yetakchi mamlakatlari bilan yadroviy shartnoma imzolangan 2015 yildan so‘ng sayyohlik shirkatlari Eronga sayohat tashkil qilish bo‘yicha xizmatlar majmuini ishga tushirdi; Yevropa aviakompaniyalari Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini tikladi. Oqibatda¸ mamlakatga kelayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda. Naqd pul tanqisligiga duch kelayotgan hukumat viza cheklovlarini osonlashtirish, sayyohlik ob’ektlari va eskirib ketgan transport tarmoqlarini tartibga keltirish uchun ayamay mablag‘ sarflash yo‘li bilan sayyohlik tizimini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

Sayyohlar “sunami”si

2015 yili Erondagi Madaniy meros, hunarmandlik va sayyohlik tashkiloti rahbari Ma’sud Sultonifar sanksiyalar bekor qilingandan so‘ng mamlakatga kelayotgan sayyohlar sonining keskin ortishini kutayotganini aytgan edi.

Jahon bankiga ko‘ra, Eronga 2009 yili 2,2 million kishi kelib ketgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2015 yili 5,2 million kishiga yetgan. Eron hukumati bu tamoyilning muttasil o‘sib borishini kutmoqda.

Sayyohlar oqimi oshishi mamlakatga allaqachon milliardlab dollarlik daromad keltirdi va juda zarur ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi. Eron 2015 yilda sayyohlik sohasidan 7,5 milliard AQSh dollarlik daromad qildi; hukumat 2025 yilga borib, mamlakatga 20 million sayyoh jalb qilish va daromadni 30 milliard AQSh dollariga yetkazishga umid qilmoqda.

Business Insider va Bloomberg nashrlari Eronning xavfsiz mamlakat ekani¸ mamlakatning qadimiy me’morchiligi, mashhur bozorlari va tabiiy go‘zalligini hisobga olib, 2017 yildagi “Eng yaxshi 50” va “Eng yaxshi 20” sayyohlik maskani qatoriga kiritdi.

Hukumat Eronni mintaqa sayyohlik xaritasi markaziga aylantirish va ko‘proq chet ellik sayyohlarni jalb qilish maqsadida viza cheklovlarini osonlashtirishni o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli reja ishlab chiqqanini e’lon qildi. Tehron 190 tamamlakat sayyohlariga aeroportlarda viza, shuningdek, elektron viza berishni joriy qilish masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu reja¸ Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Britaniya vatandoshlarining bundan keyin ham faqat gidlar hamrohligida sayohat qilishiga ruxsat berishni ko‘zda tutadi.

Hukumat tobora soni ortib borayotgan sayyohlarga yetarli mehmonxona tizimi yaratish va ularni transport bilan ta’minlash borasidagi rejasini ham e’lon qildi. Bu rejada¸ 10 yil ichida yuksak qulaylikka ega mehmonxonalar sonini 130 tadan 1000 taga yetkazish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, Eron so‘nggi 30 yil mobaynida amal qilgan xalqaro sanksiyalar sababli vujudga kelgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirish uchun mavjud samolyotlar qatoriga yana 400 tasini sotib olishni mo‘ljallamoqda.

XS
SM
MD
LG